Chah Ab tumani
Chah Ab tumani (forschada: ولسوالی چاه آب) — Afgʻonistonning Takhar viloyatidagi tuman. Tuman markazi — Chah Ab[1]. Tuman iqtisodiyoti asosan dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan. Tuman Tolibon nazorati ostida deb qaraladi[2].
Geografiyasi
tahrirChah Ab 764 kilometr maydonga ega, bu nisbatan olib qaraganda Dominikaga hududiga teng[3]. Tumanda 63 ta qishloq bor.
Joylashuvi
tahrirChah Ab Takhar viloyatining shimoli-sharqiy burchagida joylashgan boʻlib, Afgʻonistonning 3 tumani va Tojikistonning bir viloyati bilan chegaradosh. Jumladan: sharqdan Shahri Buzurg, janubdan Rustaq, gʻarbdan Yangi Qala, shimoldan Khatlon. Shahri Buzurg Badaxshon viloyatida joylashgan[4]. Khatlon — Tojikistondagi viloyat. Chah Ab va Khatlonni Panj daryosi ajratib turadi.
Demografiyasi
tahrirTumanda 2015-yil holatiga 87860 nafar aholi istiqomat qiladi. Har 100 ayolga 99 erkak toʻgʻri keladi va oʻrtacha yosh 16,2 yoshni tashkil qiladi. 2015-yilda aholining 40,3 foizi ish bilan band boʻlgan boʻlsa, ularning 5 foizi ish izlayotgan edi. Oilalar oʻrtacha miqdorda 6,5 kishidan iborat.
Iqtisodiyot
tahrirDehqonchilik va chorvachilik hududning asosiy iqtisodiy faoliyati hisoblanadi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari sifatida bugʻdoy, arpa, zigʻir, noʻxat va kunjut yetishtiriladi. Yangi texnologiyalar va malakali ishchilar yetishmasligi sababli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hosildorlik darajasi past.
Chah Ab konlar va tabiiy resurslarga boy boʻlib, qazib olinadigan qimmatli materiallardan biri oltindir[5]. Biroq, bu jarayon ham tartibga solinmagan. Bundan tashqari, elektr quvvati yoʻqligi, yoritish va isistish ehtiyojini qondirish uchun oʻrmonlar doimiy ravishda kesilmoqda.
Taʼlim va sogʻliqni saqlash
tahrir2015-yilda 15-24 yoshdagi aholining faqat uchdan bir qismi, 2006-yilda esa 10 foizdan kami kitob oʻqiy olgan. Taʼlim sifati past; mablagʻ, xodimlar, jihozlar va binolar yetishmaydi. Baʼzi odamlar anʼanaviy mentalitetlari tufayli qizlarni maktabga yuborishga qarshi.
Tumanda 2006-yildan buyon bittagina vrachlik punkti mavjud, ammo u barcha sogʻliqni saqlashga muhtoj boʻlganlarga xizmat qila olmaydi. Bu oʻlim darajasining yuqorilab borishiga sabab boʻladi.
Havolalar
tahrir- ↑ „Takhar Maps Combined“. nps.edu. AIMS (2004-yil yanvar). Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.
- ↑ „Mapping Taliban Control in Afghanistan“. longwarjournal.org (29-avgust 2017-yil). Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.
- ↑ „Islands by Land Area“. islands.unep.ch (1998). — „787.3 sq.km. Dominica“. 2018-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.
- ↑ „Afghanistan Administrative divisions“. aims.org.af (2007-yil mart). 23-sentabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.
- ↑ Pajhwok Reporter. „Ministry Cancelles Takhar gold mine project“. pajhwok.com. Pajhwok Afghan News (8-may 2019-yil). — „Nuraba gold mine in Chah Ab district of northern Takhar province“. Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |