Qorakuya – zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan oʻsimliklar kasalligi. Asosan, boshokli ekinlar kasallanib, qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi. Zararlangan boshoq, roʻvak, soʻta, poya, barg va ildiz boʻyinlari qora sporali massaga aylanadi. Quyidagi turlari koʻp uchraydi va ayniqsa, zararli: bugʻdoy va javdarning qattiq (badboʻy) Qorakuyasi oʻsimlik tugunchasini yemiradi va „qorakuya xaltachalari“ yoki alohida spora holida urugʻlarda saqlanadi. Zararlangan dondan nam havoda badboʻy hid keladi; arpa va sulining qattiq (tosh) qorakuyasi sporalari tugunchani zararlaydi, lekin roʻvak va boshoqlar zararlanmaydi, sporaning qattiq qora massasi boshoq qobigʻini teshib oʻtadi; bugʻdoy, arpa, suli va makkajoʻxorining chang qorakuyasi boshoq, roʻvak, soʻtalarni zararlaydi; javdar va bugʻdoyning poya Q.si poya (hamma qismlari va barglari)ni zararlaydi; makkajoʻxorining pufakchali holdagi qorakuyasi oʻsimlikning turli qismida qobiqli va spora bilan toʻlgan gʻudsalar hosil qiladi. Qorakuya zamburugʻlari sholi, qoʻnoq, oq joʻxori, chumiza kabi donli ekinlarda ham parazitlik qiladi. Kasallik natijasida gʻshsha ekinlari hosildorligi 20— 30% kamayib ketadi.

Kurash choralari: kasallikka chidamli navlar ekish; yuqori agrotexnika, almashlab ekish. urugʻlarni tozalash va dorilash; urugʻlikni oftobga yoyish va boshqa