Suli (Avena) — boshoqsoshlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; gʻalla ekini. 70 turi bor. 25 ga yakin turi Yevrosiyo va Shim. Amerikada usadi. Asosan 3 turi—ekma S. (A. sativa) moʻʼtadil iqlimli mamlakatlarda va Vizantiya S.si (A. byzantina S.) — Oʻrta dengiz atrofi, AQSH jan., Argentina, Avstraliyada; kum S. (A. strigosa) — Ispaniya, Fransiya, Belgiyada ekiladi. S. kdsimiy ekinlardan hisoblanadi, Yevropada mil. av. 2ming yillikdan boshlab ekilgan. Jahon dehqonchiligida S. ekin maydoni 14,4 mln. ga ni tashkil etib, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSH va Kanada, Xitoyda katta maydonlarda ekiladi, oʻrtacha don hosiddorligi 18,1 s/ga (2000). Ekma S. iddizi popuk ildiz boʻlib, yaxshi rivojlanadi, yerning haydalma qatlamida joylashadi. Poyasi tik oʻsadi. Boʻyi 50—120 sm. Bargi 3–5 mm. Gultoʻplami supurgisimon tarqoq, baʼzan bir yonli, boshoq, 2—4 gulli, baʼzan bir gulli. Mevasi — don, koʻpchilik navlarida qobiqli (qobiqsiz shakllari ham bor). S. namsevar, lekin issiqqa uncha talabchan emas. Urugʻi past harorat (4—5°)da unib chiqadi. Oʻzidan changlanadi. Harorat 16—22° boʻlganida yaxshi rivojlanadi.

Gullash davrida namlik yetarli bulishi kerak. S. uzun kun oʻsimligi. Roʻvakning tepa qismida yetilishi davri boshlanganda, pastki qismida gullash davom etadi. Oʻsuv davri 80—110 kun. Kuzda ekiladigan xili bor. S. doni tarkibida oʻrtacha 13,3% protein, 4,7% moy, 40,1% kraxmal, 13,2% kletchatka, 4,0% kul, V guruhi vitaminlari bor. S. donidan har xil yormalar va un tayyorlanadi. Doni endospermasida lipidlar koʻp, shuning uchun yuqori kaloriyali va toʻyimli hisoblanadi. S. uni bugʻdoy yoki javdar uniga qoʻshib non yopishda ishlatiladi. Eng qimmatli yem-xashak ekini hisoblanadi. Doni, somoni, toʻponi, koʻk poyasi, silosi chorvachilikda mollarga beriladi. 1 kg suli doni toʻyimliligi 1 ozuqa birligi sifatida qabul qilingan, 87 g hazm boʻladigan protein bor. S.ga azot, fosfor, kaliy oʻgʻitlarini qoʻllash yaxshi samara beradi, afotexnologiya tadbirlari arpaniksga oʻxshash. S. fevral oxiri — mart boshlarida ekiladi (Oʻzbekistonda koʻproq kuzda ekiladi). Urugʻlik sarfi 100–250 kg/ga. Hosildorligi 20—35 s/ga. Oʻzbekistonda kuzgi S.ning Doʻstlik 85 (1993), Chorvachilik ilmiy tadqiqot institutida Toshkent 1, Yutuq (1981), bahorgi S.ning keng bargli Oʻzbekiston (1981) navlari chiqarilgan va barcha viloyatlar uchun rayonlashtirilgan.

Hapima Otaboyeva.