Changwon milliy universiteti (CWNU) – Janubiy Koreyaning Kyonsando oroli, Changwon shahrida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasasidir[1].

창원대학교
Turi davlat
Asos solingan sanasi 1969
Fakultetlar 304 ta
Talabalari 12,927 (2019)
Bakalavriat 11,497 (2019)
Magistratura 1,430 (2019)
Manzili
Changwon,Janubiy Koreya
Veb-sayti changwon.ac.kr

Tarixi

tahrir

Universitet dastlab 1969-yil Masan taʼlim kolleji sifatida tashkil etilgan. 1991-yil mart oyida universitet sifatida akkreditatsiya qilingan. 1999-yil Janubiy Koreyadagi universitetlar orasida birinchi boʻlib bakalavriat taʼlim shakli uchun ISO-9001 sertifikatini qoʻlga kiritgan. 2004-yil "Mintaqaviy innovatsiyalar uchun universitet" (NURI) loyihasi tomonidan gʻolib sifatida tanlangan. 2005-yil 10-okyabrda „Korea Regional Innovation Convention and Expo“ koʻrgazmasida Prezident mukofoti bilan taqdirlangan. 2020-yil "Ishlab chiqarishda inson resurslarini oʻqitish" loyihasi uchun tanlangan.

Til dasturi

tahrir

Koreys tili maktabi (KLS) – CWNU xalqaro munosabatlar va taʼlim instituti qoshidagi til maktabi hisoblanadi va u koreys tili bilan birgalikda chet ellik talabalar uchun koreys madaniyati kabi darslarni oʻz ichiga oladi[2].

Xalqaro munosabatlar

tahrir

Changwon milliy universiteti talabalar almashinuvi va tadqiqot almashinuvi kabi turli xalqaro dasturlar orqali global liderlarni rivojlantirish uchun Osiyo, Yevropa, Shimoliy Amerika, Okeaniya va Afrikadagi universitetlar va agentliklar bilan memorandum imzoladi[3]. 2020-yil holatiga koʻra, universitet 30 ga yaqin davlatdagi 190 ta universitet bilan, shu jumladan AQSh, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Fransiya va boshqalar bilan memorandum imzoladi. Xalqaro munosabatlar va taʼlim instituti turli xalqaro almashinuv dasturlarini, jumladan, talabalar almashinuvi va qisqa muddatli va uzoq muddatli til kurslarini amalga oshiradi. Talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun turli xil chet tili kurslari ham mavjud.

•Xalqaro yozgi lager: Xorijdagi qardosh universitetlarda tahsil olayotgan talabalar yozgi taʼtilda CWNU talabalari bilan uch hafta davomida koreys tili va madaniyatini oʻrganadilar.

•Talaba almashinuv dasturi : Almashinuv dasturi talabalari chet eldagi qardosh universitetda bir yoki ikki semestr oʻqish imkoniyatiga egadir.

•Xalqaro Talabalar Kengashi (ISC) : ISC-avtonom talabalar tashkiloti boʻlib, xalqaro talabalarga kampus hayotiga moslashishda yordam beradi. ISC xalqaro aloqalar va taʼlim instituti yordamida xalqaro talabalarni kutib olish kechalari, sport festivallari oʻz ichiga olgan turli tadbirlarini oʻtkazadi.

•Xalqaro talabalar uchun oʻquv guruhi: Bakalavriat taʼlim shaklidagi yangi xalqaro talabalar koreys tilini yoki asosiy kurslarni oʻrganish uchun bir xil yoʻnalishdagi koreyalik talabalar bilan moslashtiriladi.

Manbalar

tahrir
  1. „창원대학교영문“. www.changwon.ac.kr. Qaraldi: 2023-yil 19-sentyabr.
  2. [https://www.changwon.ac.kr/affairseng/cm/cntnts/cntntsView.do?mi=11662&cntntsId=4465
  3. „Changwon National University“ (en). Top Universities. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.

Havolalar

tahrir