Chegarachilar gʻalayoni — 2009-yil 25-fevralda Dakkada roʻy bergan qurolli isyon. „Bangladeshlik oʻqchilar“ning qurolli qoʻzgʻoloni. Isyonchilarning asosiy talablaridan biri maoshlarini oshirish edi. Ular oʻz talablarining amalga oshirilishi uchun qoʻmondonlik tarkibining yigʻilishida oʻz boʻlinmalarining bosh qarorgohini egallab olishdi. Bunga javoban armiya boʻlinmalari isyon markazini oʻrab olib, ularga oʻz shartini ilgari surdi. 26-fevralda qoʻzgʻolonchilar taslim boʻlishdi. Vaqti-vaqti bilan sodir boʻlgan otishmalarda halok boʻlganlar soni 81 kishiga yetdi[1].

Qoʻlga olingan shtab-kvartiraning atrofida armiya patrullari

2014-yilda Bangladesh sudi 152 chegarachini oʻlimga hukm qildi[2].

„Bangladesh oʻqchilari“ harbiy tuzilmasi 65 mingga yaqin kishidan iborat. Harbiy xizmatchilar, asosan, davlat chegaralarini himoya qilish bilan vazifasini bajaradi. Ular parlament va boshqa saylovlarda ham tartibni saqlashda ishtirok etadi. Ushbu Bangladesh isyonchilarining aksar katta qismi oddiy askar va serjantlar boʻlgan.


Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir