2010-yilgi aholini roʻyxatga olish ma’lumotlariga koʻra, Chexiyada 3500 ga yaqin inson musulmon (mamlakat aholisining 0,1% dan kamrogʻini tashkil etadi)[1], 1991-yilda bu koʻrsatkich 495 nafar fuqaro islom diniga e'tiqod qilgan.

Brnodagi masjid, Chexiya

Tarixi

tahrir

Islom dini Yevropada tarqalishi haqidagi ilk ma'lumotlar 964-965 yillarda musulmon Ispaniyada tug'ilgan yahudiy savdogar va sayohatchi Ibrohim ibn Yoqub tomonidan ma'lumotlar berilgan. Sayohat paytida u sayohatdagi voqealiklarni yozdi, keyinchalik uning kitob qo'l yozmalari nashr etildi, ular Islom olamida Markaziy Yevropa haqidagi birinchi ma'lumot asarlardan biriga aylandi.

Vena qamallari paytida Usmonli imperiyasi qo'shinlarining razvedka bo'linmalari Moraviyaga yetib bordi. Keyinchalik, XX asrda Avstriya-Vengriya va Usmonlilar imperiyasi oʻrtasida mustahkam savdo aloqalari vujudga kela boshladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Islomning Chexiya yerlari madaniyatiga ta'siri unchalik katta bo'lmaganligi haqida ma'limotlar mavjud.

Zamonaviy davr

tahrir

1912-yilda Avstriya-Vengriya Islomni “davlat dini” deb tan olgan va uning Chexiya Respublikasida boʻlishiga rasman ruxsat beruvchi qonun qabul qildi. Musulmonlarning birinchi uyushmasi (Muslimské náboženské obce pro Československo) 1934-yilda tuzilgan va 1949-yilgacha davom etgan. 1968-yilda musulmonlarning yangi uyushmasini tuzishga urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1991-yilda Chexiyada Musulmon jamoalari markazi (Ustředí muslimskych náboženskych obcí) tashkil etildi. 1998-yilda birinchi masjid Brno shahrida [1], bir yildan keyin esa ikkinchi masjid poytaxt Pragada [2] ochilgan edi. Boshqa shaharlarda masjid ochishga urinishlar mahalliy aholining faol qarshiligiga duch kelmoqda. 2004-yilda Islom Chexiya Respublikasida rasman din sifatida roʻyxatga olingan. Shu munosabat bilan musulmon jamiyati davlatdan moddiy yordam olish huquqiga ega hisoblanadi.

Chexiyadagi musulmonlarning aksariyati 1990-yillarning boshlarida Bosniya va Gersegovinadan yoki 1990-yillarning oxirida sobiq Sovet Ittifoqi davlatlaridan, asosan, Rossiya Federatsiyasining Kavkaz mintaqalaridan kelib qolgan. Chexiya musulmonlarining salmoqli qismi Misr, Suriya va Yaqin Sharqning boshqa davlatlaridan kelgan muhojirlar boʻlib, ular koʻpincha Chexoslovakiya davrida mamlakat oliy oʻquv yurtlarida oʻqigan va qolishga qaror qilganlarning farzandlari hisoblanadi. Shuningdek, bir necha yuz etnik chexlar ixtiyoriy ravishda islomni qabul qilganlar.

Islom fundamentalizmidan qo'rqish

tahrir

Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zeman islom terrorizmi Chexiyaga tahdid solishi mumkinligidan qoʻrqishini bildirganlardan davlat rahbarlaridan biri hisoblanadi[2]. 2016-yil avgust oyida Chexiya fuqarosiga birinchi marta “ Islomiy davlat ” deb ataluvchi kuchlar safiga qoʻshilishga uringanlikda gumon qilinib, ayblov eʼlon qilingan edi[2].

Manbalar

tahrir
  1. [uz.wikinlu.ru „Yevropada Islom - Islam in Europe“]. 2022-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 Bilefsky, Dan. „Czech Man Is Charged With Attempted Terrorism“. New York Times (2-avgust 2016-yil). 2018-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2016-yil.
  • Milosh Mendel, Jiří Bečka, Islom va české země, Olomouc, Votobia, 1998-yil. ISBN 80-7220-034-8
  • Milosh Mendel, Bronislav Ostryanskiy, Tomash Rataj, Islom v srdci Evropy, Praga, Akademiya, 2008-yil. ISBN 978-80-200-1554-9