Chichen-itsa (ayrim hollarda Chichen Itza shakli ham qoʻllanadi) — Yukatan yarim orolining shimolidagi mayyalarning siyosiy va madaniy markazi. Milodiy 8-asrda barpo etilgan deb taxmin etiladi. 10-asrda tolteklar tomonidan bosib olingan. 11-asr oʻrtalaridan Chichen-itsa tolteklarning Yukatandagi davlati poytaxtiga aylangan. Mayyapana, Ushmal va Itsmal kabi shahardavlatlar qoʻshinlari tomonidan 1178-yil vayron qilingan. Ispanlar istilosi davrida (16-asr oʻrtasi) Chichen-itsa xaroba holatida boʻlgan. Chichen-itsa hududida bir necha marta qazishma ishlari olib borilgan. Mayyatolteklarga mansub eng muhim meʼmoriy obidalarga „Qizil uy“, „Ayol monastiri“, „Cherkov“, „Qorakoʻl“ rasadxonasi, „Jangchilar ibodatxonasi“, Kukulkan ibodatxona ehromi („Kastilo“), toʻp oʻynashga moʻljallangan katta stadion va boshqalarni kiritish mumkin. Koʻplab monumentaldekorativ haykaltaroshlik namunalari va devoriy rasmlar topilgan.

Chichen-itsa[nb 1] (koʻpincha Chichen Itza va anʼanaviy tarzda Yukatek Mayya deb yoziladi) Terminal klassik davridagi Mayya xalqi tomonidan qurilgan Kolumbiyagacha choʻzilgan katta shahar edi. Arxeologik joy Meksikaning Yukatan shtati Tinum munitsipalitetida joylashgan[1].

Chichen-itsa Shimoliy Mayya pasttekisligida kech klassik davrdan (taxminan eramizning 600-900-yillari) to terminal klassik davrigacha (milodiy 800-900-yillar) va postklassik davrning dastlabki qismida ham (milodiy 900-1200-yillar) asosiy markaz boʻlgan. Hududda Meksikaning markaziy qismida va Shimoliy Mayya pasttekisligidagi Puuc va Chenesda ishlatilgan bezaklarini eslatuvchi koʻplab meʼmoriy uslublarni koʻrish mumkin. Markaziy meksika uslublarining mavjudligi bir vaqtlar markaziy Meksikadan toʻgʻridan-toʻgʻri migratsiya qilinish yoki hududning bosib olinishi sababli, deb hisoblangan, ammo koʻpchilik zamonaviy talqinlar bu nomayya uslublarining mavjudligini koʻproq madaniy tarqalish natijasi, deb oʻylashadi.

Chichen-itsa eng yirik Mayya shaharlaridan biri boʻlgan. U keyinchalik Mesoamerikan adabiyotida tilga olingan afsonaviy buyuk shaharlardan biri yoki Tollans boʻlgan boʻlishi ham mumkin[2]. Shahar Mayya dunyosidagi eng xilma-xil aholiga ega boʻlgan, bu manzilgohdagi meʼmorchilik uslublarining xilma-xilligiga hissa qoʻshgan, degan taxminlar mavjud[3].

Chichen Itza xarobalari federal mulkdir va mazkur manzilgohni boshqarish Meksikaning Instituto Nacional de Antropología e Historia (Milliy Antropologiya va Tarix instituti) tomonidan amalga oshiriladi. Yodgorliklar ostidagi yer 2010-yil 29-martgacha, Yukatan shtati tomonidan sotib olingunga qadar xususiy mulkdoq qoʻlida boʻlgan[nb 2].

Chichen-itsa Meksikadagi eng koʻp tashrif buyuriladigan arxeologik obidalardan biri boʻlib, 2017-yilda 2,6 milliondan ortiq sayyoh bu hududga kelganligi qayd etilgan[4].

Galereya

tahrir

Izohlar

tahrir
  1. /ˈɛn ˈtsɑː/ chee-CHEN eet-SAH, ispancha: Chichén Itzá [tʃiˈtʃen iˈtsa]; (Barrera Vásquez 1980) "Itza xalqining qudugʻi ogʻzida"
  2. Concerning the legal basis of the ownership of Chichen and other sites of patrimony, see Breglia (2006), in particular Chapter 3, „Chichen Itza, a Century of Privatization“. Regarding ongoing conflicts over the ownership of Chichen Itza, see Castañeda (2005). Regarding purchase, see „Yucatán: paga gobierno 220 mdp por terrenos de Chichén Itzá,“ La Jornada, 30 March 2010, retrieved 30 March 2010 from jornada.unam.mx

Manbalar

tahrir
  1. Gobierno del Estado de Yucatán 2007.
  2. Sharer & Traxler 2006, s. 562
  3. Miller 1999, s. 26
  4. „Estadística de Visitantes“ (es). INAH. 2012-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-mart.
  5. „Las Monjas, Chichen Itza, Yucatan“. Brooklyn Museum (1843).