Chipqon (Furunkul lotincha: furunculus) soch xaltachasi va teri yogʻ bezining yiringli yalligʻlanishidir. U yiringli kasalliklarning eng koʻp uchraydigan turlaridan biridir.

Chipqon

Teri yog' bezining yiringli yallig'lanishi
MedlinePlus 001474

Etiologiyasi va patogenizi.

tahrir

Chipqon tillarang stafilokokk yoki terida yogʻ bezlari ogʻizchalarida boʻlgan boshqa kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroblar tufayli kelib chiqadi. Terining ifloslanishi, teri kasalliklari, organizmning umumvy zaiflashishi, avitaminoz (vitaminlarning yetishmasligi), modddlar almashinuvining buzilishi (koʻpgina qand kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarda) chipqon chiqishiga imkon yaratuvchi asosiy omillardir. U kiyim koʻproq ishqalanadigan joylarda, asosan odamning boʻynida boʻladi. Patalogoanatomik manzarasi dastlabki bosqichda soch xaltachasida maddali doʻmboqcha paydo boʻladi. Unda neytrofil, leykotsitlar, mikroblar va fibrin boʻladi. Infeksiyaning tarqalishiga koʻra terining soʻg'on qatlamiga tushib, oʻsha yerda nekroz oʻchoqli toʻqimalarning yiringli infiltratsiyasi (shish) paydo boʻladi. Nekrotik zona atrofida madda yigʻiladi, nekrotik oʻq (oʻzak) paydo boʻlib, uning koʻzi teri ustida boʻladi. Atrofi qizaradi, shishadi. Ana shu oʻzak tushib ketgach, uning boʻsh boʻlib qolgan oʻrni asta-sekin taxminan 2 hafta davomida granulyatsion toʻqima bilan toʻlib boradi va chandiq

hosil boʻladi[1].

Patologoanatomik manzarasi

tahrir

Dastlabki bosqichda soch xaltachasida maddali dumboqcha paydo buladi. Unda neytrofil leykotsitlar, stafilokokklar va fibrin boʻladi. Infektsiya tarqalishiga koʻra terining soʻg'on qatlamiga tushib, usha yerda nekroz oʻchoqli toʻqimalarning yiringli infilʼtratsiyasi (shish) paydo boʻladi. Nekrotik zona atrofida madda yigʻiladi, nekrotik oʻq (oʻzak) paydo

boʻlib, uning koʻzi teri ustida boʻladi. Atrofi qizaradi, shishadi. Ana shu oʻzak tushib ketgach, uning boʻsh boʻlib qolgan oʻrni asta sekin — taxminan 2 hafta davomida granulyatsion toʻqima bilan toʻlib boradi va chandiq hosil boʻladi[2].

Klinik manzarasi

tahrir

Avvaliga teri qichishadi, keyin bilinar-bilinmas ogʻriq paydo boʻladi. Soch xaltachasi yoki yogʻ bezi atrofida qizarish, oʻrtacha kattalikda shish paydo boʻladi. Mazkur simptomlar 1-2 kecha kunduz davomida rivojlanadi. Keyinchalik yalligʻlanish yuz bergan joydagi terining rangi koʻkish-och qizil tus oladi, infiltrat kattalashadi, ogʻriq zoʻrayib boradi. Yalligʻlanish oʻchogʻi markazida yiringli pufakcha yuzaga keladi. Yiring tufayli halok boʻlgan toʻqimalarda nekrotik oʻq (oʻzak) rivojlanadi. Birinchi haftaning oxirida ichiga yiring toʻplangan

pufakcha yoriladi, yiring, u bilan birga esa nekrotik oʻq ham chiqib infiltratsiya va shish pasayadi, asta-sekin ogʻriq ham qoladi. Nekrotik boʻshliq granulyatsion toʻqima bilan toʻlib boradi va bitib ketadi. Chipqon koʻpincha bemorning ogʻir holatda boʻlishi bilan kechmaydi. Tana harorati odatda subfebril boʻladi, lekin 39-40 darajaga ham koʻtarilishi mumkin.

Odamning yuziga, ayniqsa, ustki labi sohasiga chiqqan chipqon xatarlidir, chunki yalligʻlanish oʻchogʻidan infeksiya bosh suyagining venoz sinuslariga tarqalib ketishi, yuz

venalari trombozini keltirib chiqarishi, miya pardalarini yalligʻlantirishi va oxir oqibatda bemorni oʻlimga olib borishi mumkin. Yuz venalarining tobora koʻpayib boruvchi trombofiebiti odatda chipqonni siqib, yiringni chiqarib yuborishga urinib koʻrilgandan soʻng rivojlanadi. Bunday holda infeksiya ynuslariga yuz venalari sistemasidan tarqaladi. Yuzdagi shish kattalashadi, harorat koʻtariladi (40-41 °C), bosh qattiq ogʻriydi, ensa mushaklari «qotib» qoladi, koʻrish qobiliyati buziladi. Chipqon asoratlari birinchi navbatda progressiv limfadenit, flegmona, yiringli artrit, sepsis va hokazolar boʻlishi mumkin.

Differentsial diagnozi

tahrir

Chipqonni barmoqlarning yiringli yalligʻlanishidan (chipkon soch xaltachalari boʻlmagan yerda yuz bermaydi), ter bezlari, toʻqimalar flegmonasidan, shuningdek, zaxm, sil va aktinomikozdan farq qilish lozim.

Davosi

tahrir

Chipqonga umumiy va mahalliy davo qilinadi. Mahalliy davo qilishda toʻqimalar oʻchogʻi atrofi 70 foiz spirt yoki gibitan, geksaxloran bilan yaxshilab artib tozalanadi. Yalligʻlanish oʻchogʻi bor joydagi sochlar yaxshilab qirib tashlanadi. Dastlabki bosqichda teri kasalligini yodopiron bilan davo qilish, kvars, sollyuks, UVCH dorilar (levosin, dioksidin, yodopiron mazlari) va gipertonik eritmali bogʻlov qoʻllanadi. Agar jarayon yaqin-atrofdagi toʻqimalarni ham qamrab olsa, u holda yiring oʻchogʻi kesiladi. Shuningdek, oʻrab olgan yumshoq toʻqimalarni novokain va taʼsir doirasi keng antibiotiklar bilan infiltrativ blokada qilish ham qoʻllanadi. Agar jarayon yuqori harorat va zaharlanish bilan davom etsa, yotib davolanish, jarohatlangan qoʻ1-oyoqlarni immobilizatsiya qilish zarur. Antibiotiklar, sulfanilamidlar va boshqa antiseptik dori-darmon tayin qilinadi. Furunkulyoz («furunculosis») sistemali kasallanish boʻlib, u immunologik reaksiyaning buzilishi bilan bogʻliqdir, bunday holda badanga bir talay chipqon chiqadi. Furunkulyoz koʻproq zaifiashib qolgan bemorlar, koʻpincha kasallik tufayli moddalar almashinuvi buzilganda uchraydi. Bunday holatlarda autogemoterapiya (mushaklar orasiga bemorning 5-10 ml qoni yuboriladi) maqbul chora va davolash kursi uchun uchbesh marta inyeksiya qoʻllanadi. Achitqi konsentratlari, В guruhi vitaminlari, shuningdek aktovegin, salkoseril ishlatiladi. Stafilokokk anatoksininin yoki stafilokokk vaksinasini yuborish, kam dozalarda rentgen nuri bilan nurlantirish va qon preparatlari (antistafilokokk plazma, gemostimulin) qoʻHash naf beradi. Stafilokokk vaksinani teri

ostiga 0,1-1 ml dan har ikkinchi yoki uchinchi kuni yuboriladi, davolash kursi uchun 10 ta inyeksiya belgilanadi. Stafilokokk anatoksini koʻraklar oʻrtasidagi teri ostiga dozasini 0,2 dan asta-sekin 2 ml gacha koʻpaytirilib, 3-5 kecha-kunduzdan soʻng yuboriladi, davolash kursi uchun 10 ta inyeksiya belgilanadi[3].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Oripov O.. Umumiy xirurgiya 368-bet. Yangi asr avlodi 2008. 
  2. У.О.ОРИПОВ Ш.Н. КАРИМОВ. УМУМИЙ ХИРУРГИЯ 390 - бет. Ибн Сино номидаги нашриёт-матбаа бирлашмаси 1994. 
  3. Oripov O.. Umumiy xirurgiya 369-bet. Yangi asr avlodi 2008.