Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti
Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti – oliy maxsus harbiy maʼlumotli ofitserlar tayyorlaydigan oʻquv yurti[1]. 1941-yilda Ukrainaning Xarkov shahridan Chirchiq shahriga evakuatsiya qilingan. Hozir Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun yuqori malakali, oliy maxsus harbiy bilimga ega ofitserlar quyidagi ixtisosliklar boʻyicha tayyorlanadi:
- tank boʻlinmalari, qismlari va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash;
- jangovar texnikalarni ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash muhandislari;
- havo desant boʻlinmalari, qismlari va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash;
- Terorizmga qarshi kurashish taktik qoʻmondonligi h Ularga „leytenant“ ofitserlik unvoni va malakasiga muvofiq muhandislik diplomi beriladi.
Tarixi
tahrirSovet davrida
tahrirBilim yurtining tashkil qilinishi
tahrirIkkinchi jahon urushi davrida zirhli kuchlar uchun kadrlar tayyorlash zarurati tufayli SSSR Oliy Bosh qoʻmondonlik shtabining 1941-yil 22-sentyabrdagi buyrugʻi bilan Xarkov 1-tank maktabining barcha kursantlari va oʻqituvchilari tarkibi bilan OʻzSSR Toshkent viloyati Chirchiq shahriga koʻchirildi[2]. Yangi joyda maktab Toshkent tank maktabi nomini oldi. Urush davridagi barcha sovet harbiy maktablari singari Toshkent tank maktabi ham qisqartirilgan yillik oʻquv jadvaliga oʻtdi.
Xarkov va Toshkent tank maktabining 74 nafar bitiruvchisi jang maydonlarida koʻrsatgan qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi[3][4].
Urushdan keyingi davrda
tahrir1946-yilda maktab qisqartirilgan oʻqish muddatidan ikki yillik oʻqishga oʻtdi.
1949-yilda uch yillik oʻquv davri tashkil etildi.
Ulugʻ Vatan urushi yillarida kadrlar tayyorlashdagi xizmatlari uchun Toshkent tank maktabiga 1961-yil dekabr oyida zirhli kuchlar marshali Pavel Semyonovich Ribalko nomi berildi.
1966-yil aprel oyida Toshkent tank maktabi oliy oʻquv yurti maqomini oldi va 4 yillik oʻquv davriga oʻtdi. Maktab bitiruvchilari oliy texnik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom ola boshladilar.
1979—1989-yillardagi Afgʻon urushidagi janglarda koʻrsatgan qahramonliklari uchun Toshkent tank maktabining 4 nafar bitiruvchisiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.
Sovet davrida bilim yurtining 200 ga yaqin bitiruvchilarga general unvoni berilgan[3][4].
Mustaqillik yillarida
tahrir1992-yilda Toshkent oliy tank komandirlik bilim yurti Oʻzbekiston tasarrufiga oʻtdi. U bilan birga Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti va Samarqand avtomobilchi komandir-muhandislar oliy harbiy bilim yurti Oʻzbekistonga oʻtkazildi. Respublika hokimiyat organlarining qurolli kuchlar uchun ofitser kadrlarni mustaqil ravishda toʻliq tayyorlashga qaratilgan siyosati munosabati bilan SSSRdan meros boʻlib qolgan mavjud harbiy taʼlim muassasalari negizida koʻp tarmoqli kadrlar tayyorlash sxemasi amalga oshirildi. 1993-yilda nomi Chirchiq oliy tank komandirlik bilim yurti deb oʻzgartirilgan tank bilim yurti negizida „tank vzvod komandiri“dan boshqa harbiy mutaxassisliklarni tayyorlash boʻyicha fakultetlar tashkil etildi[5][6].
1997-yildan hozirgi kunga qadar Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti fakultetlarida quyidagi harbiy mutaxassislik boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan[7][8]:
- tank boʻlinmalari, qismlari va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash
- jangovar texnikalarni ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash muhandislari;
- havo desant boʻlinmalari, qismlari va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash;
- havo hujumidan mudofaa qoʻshinlarining boʻlinma, qism va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash
- qisqa masofali zenit-raketa tizimlari va zenit qurilmalari boshligʻi – radiotexnika vositalaridan foydalanish boʻyicha muhandis;
- zirhli qurollar va jihozlarni ishlatish va tiklash boʻyicha muhandis;
- kadrlar boʻlimi xodimi – ijtimoiy fanlar oʻqituvchisi.
Oʻqitish 9 ta kafedrada 4 yillik oʻquv davrida olib boriladi.
Yana qarang
tahrir- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
- Toshkent oliy harbiy-texnik instituti
- Oliy harbiy bojxona instituti
- Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti
- Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti
- Samarqand avtomobilchi komandir-muhandislar oliy harbiy bilim yurti
- Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
Manbalar
tahrir- ↑ http://tvtku109.narod.ru/
- ↑ „Чирчикское высшее танковое командно-инженерное училище на Викимапии“. 2011-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 Юрий Завизион. „Кузница кадров стальных“. Красная Звезда (2008-yil 13-noyabr). 2020-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Сайт Ташкентского танкового училища“. 2016-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-iyul.
- ↑ „«Тайны узбекской армии». В Узбекистане 14 января отмечается День защитников Родины, установленный в 1993 году.“. 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-iyul.
- ↑ Захаров В. М. „Глава VI «Узбекистан»“, . «Военное строительство в государствах постсоветского пространства», 300 экз, М.: Издательство Российский институт стратегических исследований, 2011 — 366-bet. ISBN 978-5-7893-0118-0.
- ↑ „Военная реформа в Узбекистане. На примере Чирчикского танкового училища“. 2016-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-iyul.
- ↑ „Я б в военные пошел: высшее военное образование в Узбекистане“. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-iyul.