Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Akademiyasi – Markaziy Osiyoda huquqni muhofaza qilish organlari uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha eng yirik oliy taʼlim muassasasidir[1].
Joylashuvi | Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani, Do‘rmon yo'li, 1-uy |
---|---|
Boshliq | Rustam Hotamov |
Vebsayti | akadmvd.uz |
Tarixi
tahrir1932-yilda Toshkent rahbar kadrlar militsiya maktabi sifatida tashkil topgan. 1953-yilda Toshkent oʻrta-maxsus militsiya maktabiga aylantirilgan. 1958—1964-yillarda Sovet Ittifoqi ichki ishlar oliy maktabining Toshkent sirtqi taʼlim fakulteti, 1964—1994-yillarda Toshkent militsiya oliy maktabi boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2-sentyabrdagi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1994-yil 20-oktyabrdagi buyrugʻi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi deb qayta nomlangan. Akademiya oliy taʼlimning asosiy va qoʻshimcha kasbiy oʻquv dasturlari asosida taʼlim faoliyatini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, oʻquv-metodik, ilmiy va boshqa faoliyatlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Akademiyaning vazifalari
tahrirTaʼlim muassasasi oʻz faoliyatini quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiradi:
- jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarning oldini olish, tergov qilish, jinoyatchilarni qidirish va aholining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ichki ishlar organlari boʻlinmalari rahbar kadrlarni tayyorlash;
- jinoyatchilikka qarshi kurashda profilaktik, operativ, jinoyat-protsessual, ekspert va boshqa tadbirlarni mustaqil oʻtkazish ofitserlarni tayyorlash;
- ichki ishlar organlari uchun huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika, jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni tatbiq eta oladigan serjantlar tarkibini tayyorlash;
Kafedralar
tahrirAkademiya tarkibida 23 ta kafedra mavjud:
maʼmuriy huquq, tezkor qidiruv huquqi, kriminalistika, jinoyatlarning oldini olish, ichki ishlar idoralarida boshqaruvni tashkil etish, transportda xavfsizlikni tashkil etish, jinoyat huquqi, davlat va huquq tarixi va nazariyasi, konstitutsiyaviy huquq, inson huquqlari umumiy nazariyasi va amaliyoti, fuqaroviy-huquqiy fanlar, umumharbiy fanlar, jismoniy tayyorgarlik, psixologiya va kasb etikasi, informatika, hisoblash texnikasi va aloqa, tibbiy tayyorgarlik, Oʻzbekiston tarixi, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, falsafa va siyosatshunoslik, iqtisodiy fanlar, malaka oshirish fakultetining maxsus fanlar va yuridik fanlar kafedralari, tillar va adabiyot kafedrasi. Shuningdek, Serjantlar tarkibini tayyorlash boʻyicha oliy kurslarda 4 ta sikl: maxsus fanlar, yuridik fanlar, harbiy-xizmat va jismoniy tayyorgarlik hamda gumanitar va ijtimoiy-huquqiy fanlar sikllari mavjud.
Tuzilishi
tahrirAkademiyada oʻquv-tarbiya jarayoni va xizmat olib borishni oʻquv boʻlimi, tarbiyaviy ishlar boʻlimi, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash boʻlimi, saf qismi va shtab tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqot ishlarini Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashdagi dolzarb masalalar loyihasi tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi.
Moliyaviy-iqtisodiy va moddiy-texnik taʼminotni tegishli boʻlim va xizmatlar amalga oshiradi.
Taʼlim muassasasi rahbarlari
tahrir- Toshkent rahbar kadrlar militsiya maktabining rahbarlari
- Dementyev I. I. (1932-1938)
- Kislov M. S. (1938-1945)
- Uspenskiy S. V. (1945-1947)
- Ismailov D. I. (1947-1951)
- Grinenko A. (1951-1953)
- Toshkent oʻrta-maxsus militsiya maktabining boshliqlari
- Demin D. A. (1953-1960)
- Teshabayev G. T. (1960-1963)
- Sovetov N. I. (1963-1967)
- Aminov A. N. (1967-1970)
- Yusupbekov A.Yu. (1970-1972)
- Pasitdinov N. P. (1972-1974)
- Filyutovich Ye. N. (1974-1987)
- Chumovatov V. I. (1988-1990)
- Gritsenko I. E. (1990-1991)
- Pulatov U. P. (1991-1994)
- Moskva IIV oliy maktabining Toshkent sirtqi taʼlim fakulteti boshliqlari
- Teshabayev G. T. (1958-1960)
- Niyazov A. N. (1960-1964)
- Toshkent IIV oliy maktabining boshliqlari
- Jalilov T. A. (1964-1984)
- Ojiganov N. I. (1984-1992)
- Tojixonov U. T. (1992-1994)
- Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshliqlari
- Tojixonov U. T. (1994-2004)
- Zokirov X. A. (2004-2006)
- Mullajonov T. A. (2006-2007)
- Yakubov A. S. (2007-2011)
- Ikramov Sh. T. (2011-2016)[2]
- Matlyubov B. A. (2016-2021)
- Hotamov R. A. (2021-yildan)
Mashhur bitiruvchilari
tahrir- Muxtor Sultonov (1946)
- Gʻafur Rahimov (1951)
- Botir Parpiyev (1970)
- Tursinxon Xudayberganov (1977)
- Ravshan Haydarov (general) (1979)
- Abdusalom Azizov (1986)
- Rahmat Mamatov (1991)
- Rustam Joʻrayev (1994)
- Bahodir Qurbonov (davlat arbobi) (1994)
- Davron Nazarmuhamedov (1996)
- Adham Ahmadboyev (2004)
Manbalar
tahrir- ↑ Akademiya bugun, 2016-12-31da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-02-13
- ↑ Akademiya boshliqlari, 2017-02-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-02-13