Choʻl burguti (Aquila rapax) – sarchigʻaylar oilasiga mansub qush turi[1]. Tanasining uzunligi 60–85 sm, vazni 3–5 kg. Yevropa va Osiyo choʻllarida tarqalgan. Yerga, baʼzan past, yakka oʻsgan daraxtlarga uya quradi. 2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 40–45 kun bosadi. Asosan, oʻrtacha kattalikdagi kemiruvchilar, baʼzan sudralib yuruvchilar va qushlar bilan oziqdanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

Choʻl burguti
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Aquila rapax

Manbalar

tahrir
  1. „Tawny Eagle - Aquila rapax“ (deadlink). The Eagle Directory. 2016-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.