Chorbakr (aholi punkti)
Chorbakr — Buxoro viloyati, Buxoro tumani Shergiron mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi aholi pukti nomi[1]. „Chor“ — tojik tilidagi „chahor“ soʻzidan oʻzgarib hosil boʻlgan va qisqartirilgan koʻrinishidir. Chor bakr — toʻrt bakr maʼnosini anglatadi. Bakr/bikr arabchadan olingan boʻlib, „pokiza“, „qiz bola“ maʼnosini anglatadi. Majoziy maʼnoda inson oyogʻi tegmagan yoki qoʻli tegmagan zamin, yangi, fikr, pokiza fikr, yangi mazmun yoki yangi gʻoya kabu maʼnolarni bildiradi. Saqmatin, keyinchalik Sumitan va undan soʻng Chorbakr nomini olgan manzil eng qadimgi qishloqlardan biri hisoblanadi. Bu haqida koʻplab maʼlumotlar mavjud. IX—X asrlarda Buxorda yashab oʻtgan mashhur toʻrt shayx, tasavvufning yirik namoyondalari. Chor bakrlarning avlodlari paygʻambar Muhammad (s.a.v)ning nabirasi Imom Husaynga borib taqalgan. Chor Bakrlar Ali avlodlaridan toʻrtinchi imom boʻlgan Jaʼfar as Sodiqning nevaralaridir. Bular quyidagilar:
- bakr: Abu Bakr ibn Xoja Sa’d Yamaniy (IX asrning oxiri- 971) Buxoroda tavallud topgan. Bakrlar somoniylar sulolasi davrida Buxoroda shaxsulislom sifatida faoliyat yuritishgan.
- bakr: Abu Bakr Muhammad ibn Fazl ibn Ja’far al-Buxoriy IX asrning ikkichi yarmida yashagan va 937-yil vafot etgan. Somoniylar sulolasi davrida Buxoroga kelib qoladi.
- bakr: Abu Bakr Muhammad ibn Hamid IX asrning ikkichi yarmida yashagan va 937-yil vafot etgan. Unga shayx ul-olam unovni beriladi.
- bakr: Imom Abu Bakr Tarxon boʻlib, IX asrning ikkichi yarmida yashagan va 945-yil vafot etgan. U „Jomeʼ va musnad“ kitobini yozadi.
Chor Bakrlar Buxoroda vafot etishadi va shaharga yaqin boʻlgan Sumitan mavzeyiga dafn qilingan. Qishloq nomi mana shu avliyolar nomiga atab qoʻyilgan[2].