Chortoq
Chortoq (4 tepalik) — Namangan viloyati Chortoq tumanidagi shahar, tuman markazi. Temir yoʻl stansiyasi.
Chortoq | |
---|---|
shahar | |
41°04′08″N 71°48′55″E / 41.06889°N 71.81528°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Namangan viloyati |
tuman | Chortoq tumani |
Aholisi | 52 800 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Tarixi
tahrirMilodiy II asrdan beri maʼlum. Maʼlum boʻlishicha shaharga soʻgʻdlar (soʻgʻd savdogarlari) va ularning avlodlari asos solgan. 1976-yilda shahar maqomini olgan.
„Chortoq“ nomi „4 tepalik“ (forscha: "chor" — 4 va oʻzbekcha: "tog', toq") — tepalik, togʻ degan maʼnoni anglatadi. Qadimda shahar hududida bir vaqtning oʻzida harbiy-mudofaa va ogohlantirish maqsadlarida xizmat qilgan 4 ta sunʼiy ravishda yaratilgan tepaliklar (tepaliklar) boʻlgan.
Hozirda Chortoqning to‘rt tepaligidan faqat ikkitasi saqlanib qolgan[1]. Tepaliklar muhofaza hududiga olingan va arxeologlar va boshqa olimlar tomonidan batafsil oʻrganilishi kutilmoqda.
Geografiyasi
tahrirChortoqsoy daryosida, dengiz sathidan 600 — 650 m balandlikda joylashgan. Chortoq hududidan Shimoliy Fargʻona kanali oqib oʻtadi. Qoʻqon — Andijon yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi oʻtgan. Chortoqdan respublika ahamiyatidagi Namangan — Chortoq — Nanay avtomobil yoʻli oʻtgan. Namangan shahridan 19 km shimolda, Chortoqsoy vodiysida joylashgan.
Aholisi
tahrirNamangan viloyatining Namangandan keyingi oʻrinda turuvchi ikkinchi yirik shahri, Fargʻona vodiysidagi aholi eng zich joylashgan shaharlaridan biri.
1989-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra Chortoqda 35 615 kishi istiqomat qilgan. 2010-yilgi maʼlumotlarga koʻra aholisi 52 800 kishiga oʻsgan. 2016-yil holatiga koʻra, aholisi 95,8 ming kishini tashkil etgan, asosan oʻzbeklar (shuningdek, uygʻurlar, qirgʻizlar, ruslar, tatarlar va boshqalar ham istiqomat qiladi).
Iqtisodiyoti
tahrirAnʼanaviy hunarmandchilik, savdo, xizmat koʻrsatish, bogʻdorchilik va uzumchilik rivojlangan. Gilos, behi, xurmo, turp, qizil sabzilari bilan mashhur (bu yerda anʼanaviy ravishda palovga faqat qizil sabzidan foydanishadi). Chortoqliklarning deyarli barcha hovlilarida rayhon va shaftoli yetishtiriladi.
Chortoqda paxta tozalash, mineral suv qadoqlash zavodlari, tikuvchilik fabrikasi, avtokorxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari, 10 dan ziyod umumiy taʼlim maktabi, madaniyat uyi, kutubxonalar, kasalxona, poliklinika, bosmaxona va boshqalar ishlab turibdi.
Shifobaxsh maskanlari
tahrirChortoqdan 7 km shimoli-sharqda 650 m balandlikda, Chortoqsoy sohilida Chortoq sanatoriysi joylashgan[2]. 1953-yilda Chortoq mineral suvi zavodi ochilgan[3]. Ushbu mineral suv zavodi Karlovi Vari, Borjomi, Yessentuki va boshqa markali suvlar bilan raqobatlashadi. Bolalar sanatoriysi ham ishlab turibdi. Sanatoriyda 15 xildan koʻproq davolash usullari qoʻllanadi. Davolash kompleksiga fizioterapiya, iqlim bilan davolash, massaj, parhez ovqatlar va boshqalar kiradi. Yillik quyosh nuri Kavkaz va Qrim kurortlariga nisbatan ikki barobar ortiq tushadi (4800 soat, Sochida 1980, Nalchikda 1710 soat). Davolash uchun juda qulay iqlim mavjud. Bu sharoit sanatoriyda aero va gelioterapiya usullarida davolash imkonini ham beradi. Hududi koʻkalamzorlashtirilgan, bogʻ, mevazor va yongʻoqzorlardan iborat[4].
Iqlimi
tahrirIqlimi kontinental. Yozi issiq, quruq, qishi iliq, quyosh nuri koʻp. Quyoshning yuqori turishi natijasida bulutli kunlar kam boʻladi va quyosh radiatsiyasi 144,0 kkal/sm2 ga etadi. Chortoqda yanvar, fevral oylaridagina temperatura 0°dan past boʻladi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —1,4°, eng past temperatura —24°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 23°, eng yuqori temepratura 39°. Yiliga 277 mm yogʻin tushadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „O'zbekiston“. I.Reshetnikov: Qadimgi Chortoq afsonalari va sirlari (Ru). CentralAsia. Qaraldi: 2023-yil 9-mart.
- ↑ „CHORTOQ SANATORIYASI“. ssv.uz. 2023-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2023-yil.
- ↑ „Fotosayohat: Chortoq shifobaxsh mineral suvi qayerda ishlab chiqariladi?“. kun.uz. Qaraldi: 26-iyun 2023-yil.
- ↑ "Chortoq" OʻzME. Ch-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |