Chortoqsoy - Qirgʻiziston Respublikasi (ozroq qismi) va Namangan viloyatidagi soy. Chatqol tizmasining Boʻzbittov togʻi (2875 m) yon bagʻridan boshlanib, asosan, Uychi tumani hududida tugaydi. Kuchli sel kelgan paytlaridagina Sirdaryogacha yetib keladi. Shimoliy Fargona kanali bilan kesishgan joyda kanal suvi Chortoqsoy ostidan dyuker orqali oʻtgan. Uzunligi 67 km. Havzasining maydoni 715 km². Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,8 m³/sek. Yogʻinsochin va buloq suvlaridan toʻyinadi.

Chortoqsoy
Tavsif
Uzunligi 67
Suv sarfi 1,8 m³/s
Davlat Oʻzbekiston va Qirgʻiziston

Chortoqsoy Pochchaota sugʻorish sistemasiga kiradi. 1957-yil Chortoqsoyda nasos styasi qurilib 6 ming ga dan ziyod yer sugʻoriladigan boʻldi. Bahorgi sel va toshqinlarning buzish kuchini kamaytirish uchun Alixon qishlogʻi yaqinida sel suvini toʻplaydigan selxona qurildi. Soy boʻyida Chortoq shahri va sanatoriysi, qishloklar joylashgan.