Chov-yorgʻoq churrasi – moyak xaltasiga ichak va charvi sohasininig maʼlum bir qisimini tugʻma patologiya oqibatida tushib qolishi hisoblanadi.

Chov-yorg'oq churrasi
KXK-10 K40
KXK-9 550
DiseasesDB [1]

Etiologiya

tahrir

Chov-yorgʻoq churrasi qorin churralari qatoriga kiradi. Qorin churralari anatomik, etiologik va klinik belgilar boʻyicha farqlanadi:

  • Anatomik tasniflanish: chov, chov-yorgʻoq, son va kindik churralari
  • Etiologik tasniflanish: tugʻma va orttirilgan
  • Klinik koʻrinish boʻyicha: toʻgʻirlanadigan va toʻgʻirlanmaydigan.

Patogenezi

tahrir

Bolalarda chov-yorgʻoq churralari tugʻma boʻlib, sababi qorin parda qin oʻsimtasini oblitiratsiyasi bilan bogʻliq. Xomilaning 7- oyidan boshlab moyak qorin parda qin oʻsimtasi bilan yorgʻoqqa tusha boshlaydi. Bu jarayon tugʻilgandan soʻng tugaydi va qin oʻsimta oblitiratsiyaga uchraydi.

 
Chov churrasi ultratovush tekshiruvida

Bu jarayonni buzilishi turli patologiyalarga sabab boʻladi. Qin oʻsimta butunlay bitmay qolishi chov churralarini xosil qiladi. Chov-yorgʻoq churralarini chaqaloqni dastlabki 1-2 oyligida koʻrina boshlaydi. Bola yigʻlaganda va bezovta boʻlganda bilinadi.

Churra tarkibiy qismlari

tahrir

– Churra darvozasi

– Churra qopi

– Churra aʼzosi

Klinik manzarasi

tahrir

Chov sohasida yorgʻoq yoki jinsiy lablarda yumaloq yoki shishsimon hosila, uning qorin boʻshligʻiga bosim ortganda (yigʻlasa, kulsa, ogʻir yuk koʻtarsa) paydo boʻlishi mumkin. Odatda qorin boʻshligʻida bosim pasayganda yoʻqoladi lekin yana osonlikcha paydo boʻladi[1]. Asosan erkaklarda uchraydi. Churran 27 % erkaklarda uchrasa 3 % ayollarda uchrashi kuzatilgan[2].

Davolash

tahrir

Churralar jarrohlik amaliyoti yordamida davolanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

tahrir
  1. А.А. Матюшенко, В.В. Андрияшкин, А.И. Кириенко. „Ущемлённые грыжи. Этиология, патогенез, классификация“. MedBe.ru (31-yanvar 2017-yil). 11-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2017-yil.
  2. „Способ временной транслокации паховых нервов при радикальных операциях паховых грыж“. 10-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2017-yil.