Xristian Gyuygens (yoki Xyoygens; niderlandcha: Christiaan Huygens; 1629 yil 14-aprel - Gaaga - 1695 yil 8-iyul - Gaaga) - niderlandiyalik fizik, mexanik, matematik va astronom. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1663), Parij FA aʼzosi va uning raisi (1665-yildan). Leyden universitetida (1645—47) va Bred universitetida (1647—49) oʻqigan. Birinchi ilmiy ishi analitik geometriyata bagʻishlangan. Birinchi boʻlib mayatnikli soatni ixtiro qilgan (1657), uning nazariyasini yaratgan, fizik mayatnik tebranishlari qonunlarini aniqlagan, zarba nazariyasiga asos solgan. Yorugʻlikning toʻlqin nazariyasini rivojlantirgan (1678); yorugʻlikning tarqalish mexanizmini tushuntirib, uning nomi bilan ataluvchi (Gyuygens — Frenel prinsipi) ni ilgari surgan (1690); anizotropik muhitda nurning ikkiga ajralishini tushuntirib bergan. R. Guk bilan hamkorliqda termometrning doimiy nuqtalari — muzning erish nuqtasini va suvning qaynash nuqtasini aniqlagan. Teleskopii takomillashtirgan; oʻz nomi bilan ataluvchi okulyar yasagan. Saturn halqalari va uning yoʻldoshi (Titan)ni kashf qilgan (1655). G. ehtimollar nazariyasiga oid dastlabki asarlardan birining muallifi (1657).

Christiaan Huygens
Tavalludi 14-aprel 1629[1][2][3][4]
Vafoti 8-iyul 1695[1][2][4]
Fuqaroligi Gollandiya Respublikasi
Otasi Konstanteyn Xyoygens (Gyuygens)
Onasi Syuzanna von Berle

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. 4,0 4,1 (unspecified title)