Christiane Rozeira de Sousa Silva

Christiane Rozeira de Sousa Silva (1985-yil 15-may sanasida Osasko, San-Paulu ''Brazilliya'' da tugʻilgan), Krishtian nomi bilan mashhur, braziliyalik futbolchi va hujumchi . Braziliya terma jamoasi futbolchisi. Beshta jahon chempionati va toʻrtta Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Christiane Rozeira de Sousa Silva
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud joyi Brazilya, Italiya
Boʻyi 1.70 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Braziliya

Biografiyasi

tahrir

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

U oʻz uyidagi faoliyatini San Bernardo-du-Kamponing "San Bernardo " va San-Pauluning „Atletiko Yuventus“ klublarida boshlagan[1].

2005-yil fevral oyida u Germaniyaning " Turbin " klubiga oʻtdi, uning tarkibida bir yarim mavsum oʻtkazdi, 2006-yilgi Germaniya kubogi chempioni boʻldi. 2005-yilda UEFA kubogi gʻolibi, 2006-yilda esa finalchi boʻldi.2006-yilda u boshqa nemis klubi " Volfsburg "ga oʻtdi. 2008-yil boshida u Shvetsiya chempionatining " Linköping " klubi bilan olti oylik shartnoma imzoladi va unda Olimpiadagacha oʻynadi, keyin bir muddat Braziliyaga qaytdi.

2008-yil sentyabr oyida u WPS Amerika ligasi tomonidan tuzilgan Chikago Red Stars tarkibida oʻynay boshladi[2]. 2009-yil 12-iyulda u Gold Pridega qarshi oʻyinda (3:1) liga tarixidagi birinchi xet-trikni amalga oshirdi. Birinchi mavsumda u 7 ta gol bilan oʻz klubining eng yaxshi hujumchisi boʻlgan. Keyingi mavsumda u 24 ta oʻyinda atigi 3 ta gol urdi va mavsum oxirida erkin agent sifatida qoʻyib yuborildi[3].

2009-yil avgust oyida u Braziliyaning „Santos“ klubiga[4] uch oyga ijaraga berildi, Libertadores kubogi va Braziliya kubogi [5] sohibasiga aylandi. 2011-yilda u yana „Santos“ safida oʻynadi[6].

2011-yil sentyabr oyida u Rossiyaning " Rossiyanka " klubiga oʻtdi. Rossiya chempionatida u 10 ta o‘yinda 10 ta gol urdi va chempionat g‘olibasiga aylandi. Chempionlar ligasida u 6 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va chorak final ishtirokchisiga aylandi.

Rossiya klubini tark etgach, u Braziliyada „San-Xose“ va „Sentro Olimpiko“ jamoalarida oʻynadi, shuningdek, qisqa vaqt ichida koreyalik Icheon Daekyoga koʻchib oʻtdi.

2015-yilda boshqa braziliyalik Erika bilan birgalikda u Fransiyaning Parij Sen-Jermeniga[7] ko‘chib o‘tdi, klubga „Rossiyanka“dagi faoliyatidan tanish bo‘lgan Farid Benstiti murabbiylik qildi. U jamoada ikki mavsum oʻtkazdi , Fransiya chempionatida 36 oʻyin oʻtkazdi hamda 26 ta gol urdi. 2015-2016-yilgi Fransiya vice-chempioni, 2016-2017-yilgi Fransiya kubogi finalchisi. Parij klubi Chempionlar ligasida 16ta oʻyin oʻtkazib, 12ta gol urgan. 2016-2017 yilgi Chempionlar ligasi finalchisi.

2017-yilning iyun oyida u Xitoyning Changchun Zhuoyuei[8] klubiga oʻtdi va keyin yana Braziliyada oʻynadi.

Jamoa faoliyati

tahrir

15 yoshida u birinchi marta Braziliya yoshlar (19 yoshgacha) terma jamoasiga kiritilgan. 2002 va 2004 yillarda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida qatnashgan ikkalasida ham toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

U 2003-yilda Braziliya terma jamoasida debyut qilgan. U oʻzining ilk golini 2003-yil 27-aprelda Janubiy Amerika chempionatida Kolumbiyaga qarshi oʻyinda (12:0) zaxiradan maydonga tushganidan soʻng kiritdi va ushbu turnir gʻolibiga aylandi.

2003-yilda u birinchi marta Jahon kubogining final turnirida ishtirok etdi, 4 ta oʻyin oʻtkazdi, ularning barchasida zaxiradan maydonga tushdi. 2007-yilda u Jahon chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi (6 ta oʻyin, 5 ta gol), turnir natijalariga koʻra u ramziy terma jamoaga kiritildi va ekspertlar soʻrovida uchinchi oʻrin sifatida bronza toʻpini oldi[9]. 2011 yilda oʻz jamoasi bilan chorak finalchi (4ta oʻyin, 2 ta gol), 2015 (3 ta oʻyin) va 2019 (4 ta oʻyin, 4 ta gol)da esa 1/8 finalda magʻlub boʻldi. 2019-yil 9-iyun kuni guruh bosqichida Yamaykaga qarshi o‘yinda (3:0) xet-trik qildi[10].

2004-yilgi Olimpiadada u kumush medal sovrindori boʻldi va 5 ta gol urib, germaniyalik Birgit Prinz bilan eng yaxshi toʻpurar unvonini qoʻlga kiritdi. 2004-yil 17-avgustda Gretsiya bilan guruh bosqichida (7:0) oʻyinda xet-trik qilgan. 2008-yilgi Olimpiadada u yana finalchi va ketma-ket ikkinchi marta eng yaxshi toʻpurarga aylandi (6 ta oʻyinda 5 ta gol). U 2008-yil 12-avgustda Nigeriyaga qarshi guruh bosqichida (3:1) xet-trik qayd etgan[11]. 2012-yilgi Olimpiadada u oʻz jamoasi bilan chorak finalga chiqdi, 4 ta oʻyin oʻtkazdi va 2 ta gol urdi. 2016-yilgi Olimpiadada u toʻrtinchi oʻrinni egalladi (4 ta oʻyin, 2 ta gol). U Olimpiadalar tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi (14 ta gol).

Bir necha bor qitʼa turnirlarining gʻolibi va sovrindori boʻlgan. 2003-yilda Janubiy Amerika chempioni, 2006-yilda kumush medal sohibi, 2010-yilgi chempionat gʻolibi (8 ta gol) 2015-yilda yana Panamerika oʻyinlari gʻolibi va eng yaxshi toʻpurari (5 ta oʻyinda 7 ta gol), Ekvador bilan oʻyinda (7: 1) u terma jamoadagi faoliyati davomida eng yaxshi natijani koʻrsatdi yaʼni 5 ta gol urgan[12].

2007-2008 yillarda FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi tanlovida uchinchi oʻrinni egalladi.

Umuman olganda, 2020-yil boshida u terma jamoa uchun 96 ta gol urgan.

Eslatmalar

tahrir
  1. „Cristiane (Profile: 2004 Summer Olympic Games)“. UOL (2004). 2020-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-may.
  2. Chicago Red Stars Sign Brazilian Sensation Cristiane
  3. RELEASED. Red Stars let Cristiane go
  4. „Santos contrata Cristiane para jogar ao lado de Marta“ (Portuguese). Estadão (2009-yil 14-avgust). 2014-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 21-avgust.
  5. „Santos bate Botucatu e conquista a Copa do Brasil feminina“ (Portuguese). Estadão (2009-yil 1-dekabr). 2014-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 2-dekabr.
  6. „Report: Cristiane signs with Santos“. 2020-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-iyun.
  7. „Erika and Cristiane sign for Paris“. Paris Saint-Germain F.C. (2015-yil 19-avgust). 2016-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-avgust.
  8. „Clube chinês anuncia acerto com Cristiane | Blog Dona do Campinho“ (pt-br). globoesporte.com. 2017-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyul.
  9. King Kaka and Marta crowned
  10. „BRAZIL VS. JAMAICA 3 — 0“. 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-iyun.
  11. „NIGERIA VS. BRAZIL 1 — 3“. 2019-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-iyun.
  12. „BRAZIL VS. ECUADOR 7 — 1“. 2020-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-iyun.

Havolalar

tahrir