Chubin madrasasiQashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan tarixiy yodgorlik. U shaharning shimolida joy olgan. Bugungi kunda bu hududda Shahrisabz tarix muzeyi faoliat yuritadi.

Chubin madrasasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi madrasa
Joylashuvi Ipak yoʻli koʻchasi 3A
Manzili Qoziguzar MFY
Shahar Shahrisabz
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 39°03′25″N 66°49′48″E / 39.056823°N 66.829941°E / 39.056823; 66.829941[1]
Qurilishi boshlangan XVI asr

Joylashuvi

tahrir

Chubin madrasasi shaharning shimoliy qismida, Oqsaroy qarshisida joylashgan[2]. Madrasa yogʻochga ishlov beruvchi hunarmandlar mahallasida joylashgan.

Tarixi

tahrir

Mazkur inshoot kim tomonidan barpo etilganligi aniqlanmagan. Xalq orasida ayrim taxminlar va rivoyatlar mavjud xolos. Bu madrasa „yogʻoch bozori“ yaqinida joylashganligi sababli ham chub — „yogʻoch“ soʻzi asnosida Chubin deya nomlanib ketilgan.

Madrasa XVI asrda bunyod etilgan boʻlib, oʻz davrida insonlarga diniy taʼlimdan saboq beruvchi darsgoh vazifasini oʻtagan. Shu sababli ham, mazkur hududda xonaqoh, oʻquv xonalari vatalabalar yashashi uchun hujralar ham bunyod etilgan.

Oʻrta asrlarga oid qoʻlyozma maʼlumotlariga koʻra, Shahrisabzda oʻsha davrda jami qirqdan ziyod madrasa faoliyat yuritgan. Ilmi toliblar bu yerga uzoq yurtlardan kelib taʼlim olganliklari sababli ham madrasa hovlisidagi hujralardan yotoqxona sifatida foydalanishgan.

Tuzilishi

tahrir

Masjid tarkibi darsxona, hujralar va kirish darvozalaridan tashkil topgan. Madrasa binolari keng hovli atrofini o‘rab turadi. Darsxona devorlari va masjidning ichkari qismi ganch bezaklar bilan bezatilgan, tom qismi katta gumbazlar bilan yopilgan. Hujralar esa oddiy toqilar bilan yopilgan. Ular XVII asrning oxirida, qadimiy poydevorlar ustiga qurib bitkazilgan.

Taʼmirlash ishlari

tahrir

19931996-yillarda madrasa hududida taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan va muzeyga moslab qayta rekonstruksiya qilingan. Bugungi kunda bu yerda Shahrisabz tarix muzeyi faoliyat yuritib kelmoqda[3].

Muhofazaga olinishi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2019-yil 30-maydagi qaroriga koʻra, Shahrisabzda birinchi muzey-qoʻriqxona barpo etilgan. Uning qamroviga Shahrisabz shahrida joylashgan 7 ta tarixiy yodgorlik obyeklari kirilgan boʻlib, Chubin madrasasi, Shahrisabz shahrining tarixiy qal’asi, Maliki Ashtar masjidi, Kunchiqar masjidi, Chorsu savdo gumbazi shular sirasiga kiradi[4].

Manbalar

tahrir
  1. „Chubin madrasasi“. yandex. Qaraldi: 08-2023.
  2. „Chubin madrasasi“. ziyoratga.uz. Qaraldi: 08-2023.
  3. „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel.uz. Qaraldi: 08-2023.
  4. Mirjahon. „Qashqadaryoda ilk muzey-qо‘riqxona ish boshlaydi“. Qashqadaryo viloyati hokimligi rasmiy veb sayti (2019-yil 12-iyun). Qaraldi: 08-2023.

Havolalar

tahrir