Chukotka yarim oroli
Chukotka yarim oroli - Osiyo ning shim.sharkidagi yarim orol. RF Magadan viloyatida. Maydoni 49 ming km². Shim. Amerika (Syuard yarim orol)dan Bering boʻgʻozi orqali ajralgan. Yarim orolda Rossiyaning eng sharqiy nuqtasi — Dejnev burni joylashgan. Chukotka yarim orolio. Bering dengizining Anadir boʻgʻozi va Chukotka dengizi bilan oʻralgan. Qirgʻoqlari qoʻltiqlar bilan kuchli kesilgan. Katta qismi Chukotka togʻliklari bilan band. Unda koʻplab botiklar orqali birbiridan ajralgan gumbazsimon qirlar mavjud. Yer yuzasining oʻrtacha balandligi 400– 500 m, eng baland yeri jan.da (Isxodnaya togʻi, 1158 m). Chukotka yarim orolio.ning katta qismi tundra oʻsimliklari bilan qoplangan. Foydali qazilmalari — oltin, qalay, volfram va boshqa
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |