Clarissa Harlowe Barton (talaffuzi: Klarissa Harlou Barton; 1821-yil 25-dekabr — 1912-yil 12-aprel) Amerikaning Qizil Xoch tashkilotiga asos solgan amerikalik hamshira edi. U Amerika fuqarolar urushida kasalxona hamshirasi, oʻqituvchi va kotib boʻlgan. Oʻsha paytdagi hamshiralik taʼlimi unchalik rasmiylashtirilmaganligi va u hamshiralik maktabiga bormaganligi sababli, oʻz-oʻzini oʻqitish orqali hamshiralik xizmatini koʻrsatgan[1]. Barton ayollarning ovoz berish huquqiga ega boʻlgunga qadar insonparvarlik ishlari va fuqarolik huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullangani bilan eʼtiborga loyiqdir[2]. U 1973-yilda Milliy ayollar shon-shuhrat zaliga kiritildi[3].

Clara Barton
Tavalludi
Clarissa Harlowe Barton

25-dekabr 1821-yil
Vafoti 12-aprel 1912-yil(1912-04-12)
(90 yoshda)
Maryland
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Hamshira, insonparvar, Amerika Qizil Xoch jamiyatining asoschisi va birinchi prezidenti
Otasi Stephen Barton
Onasi Sarah Stone
Imzosi

Yoshligi

tahrir

Clarissa Harlowe Barton 1821-yil 25-dekabrda Shimoliy Oxfordda (Massachusetts shtati) tug‘ilgan va ismi Samuel Richardsonning „Clarissa“ romanining bosh qahramoni sharafiga qoʻyilgan. Uning otasi kapitan Stephen Barton, mahalliy militsiya aʼzosi va qizini vatanparvarlik va keng insonparvarlik qiziqishlari bilan ilhomlantirgan siyosatchi edi[2]. Stephen shimoli-gʻarbdagi tubjoylarga qarshi salib yurishida general Anthony Wayne qoʻmondonligi ostidagi askar boʻlgan. U, shuningdek, Oxford qishlogʻi hududida ilgʻor fikrlar yetakchisi edi[4]. Bartonning onasi Sarah Stoun Barton boʻlgan.

Barton uch yoshligida akasi Stephen bilan maktabga yuborilgan, maktabda u oʻqish va imloni yahshi bilardi. Barton maktabdoshi Nancy Fitts bilan yaqin doʻst boʻlgan; oʻta tortinchoqligi tufayli Nancy Bartonning bolaligidagi yagona doʻsti edi[5].

Barton oʻn yoshga toʻlganida, akasi David omborxona tomidan qulab, boshidan qattiq jarohat olganidan keyin akasining sogʻligʻini tiklashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. U akasiga buyurilgan dori-darmonlarni qay vaqtda berishni, shuningdek, qon yurishi uchun uning tanasiga zuluk qoʻyishni oʻrgangan (oʻsha paytdagi standart davolanish edi). Shifokorlar taslim boʻlganidan keyin ham u Davidga gʻamxoʻrlik qilishni davom ettirgan. David toʻliq tuzalib ketgan[5].

Ota-onasi Bartonni Colonel Stones oʻrta maktabiga joʻnatib, qoʻrqoq va uyatchanligini davolashga yordam berishga harakat qilishgan, natijada ularning bu usuli falokatga aylangan[6]. Barton yanada tushkunlikka tushib ovqatlanmay qoʻygan. Sogʻligʻi tiklanishi uchun uyiga qaytarilgan.

Uyiga qaytib kelgach, uning oilasi bir qarindoshiga yordam berish uchun boshqa joyga koʻchib oʻtishgan; Claraning amakivachchasi vafot etib, xotinini toʻrt farzand va ferma bilan qoldirgan edi. Bartonlar oilasi yashashi kerak boʻlgan uyni boʻyash va taʼmirlash kerak boʻlgan[5]. Clara barcha ishlarda oilasiga koʻmaklashardi. Qilinadigan ishlar tugagandan soʻng Clara oʻzini yomon his qila boshlagan, chunki oilasiga yordam berishi uchun hech qanday ish yoʻq edi va u oilasiga ogʻirligi tushib qolishini hohlamagan[6].

Clara amakivachchalari bilan tez-tez oʻynab turardi va uning ot minish mahorati jiyanlarini hayratga solardi. Clara jarohatlanganida uning onasi oʻgil bolalar bilan oʻynashini shubha ostiga qoʻygan. Onasi qizini koʻproq ayollik mahoratlariga eʼtibor qaratishga undagan. U Clarada ayollik xislatlarini rivojlantirishga yordam berish uchun Claraning qiz amakivachchalaridan birini uyga taklif qilgan. Clara amakivachchasi tufayli tegishli ijtimoiy koʻnikmalarga ega boʻlgan[7].

Bartonga uyatchanligini yengishga yordam berish uchun ota-onasi uni maktab oʻqituvchisi boʻlishga koʻndiradi[8]. U oʻzining birinchi oʻqituvchilik guvohnomasini 1839-yilda, atigi 17 yoshida oladi. Bu kasb Bartonni juda qiziqtirib qoʻyadi; u ishchilarning farzandlariga taʼlim olish imkonini beradigan samarali qayta taqsimlash harakatini oʻtkazadi.

Ilk kasbiy faoliyati

tahrir

Barton 1838-yilda oʻqituvchi kasbida faoliyat yurita boshlaydi va Kanada hamda Gʻarbiy Georgia maktablarida 12 yil xizmat qiladi. Barton oʻqituvchi sifatida samarali ishlagan; u asabiy va shoʻx boʻlgan bolalarga (ayniqsa oʻgʻil bolalarga) qanday munosabatda boʻlishni bilar edi, chunki u yoshligidan amakivachchalari va aka-ukalari bilan koʻp muloqot qilgan. Barton huddi ular kabi harakat qilishni oʻrgangan, bu unga u oʻqitayotgan oʻgʻil bolalar bilan qanday munosabatda boʻlishni va ularni boshqarishni osonlashtirgan[6]. 1851-yilda onasi vafotidan keyin oila yashaydigan uyi yopiladi. Barton New-Yorkdagi Klinton Liberal Institutida yozish va tillar boʻyicha oʻqishni davom ettirishga qaror qiladi. Ushbu kollejda u koʻplab doʻstlar orttiradi. Institut direktori uning ulkan qobiliyatlarini tan olib, uning qilgan ishlariga qoyil qoladi. Direktor va talaba oʻrtasidagi doʻstlik uzoq yillar davom etadi va oxir-oqibat ishqiy munosabatga aylanadi[4]. Yozuvchi sifatida uning terminologiyasi toza va tushunarli tasvirlangan. Uning asarlari mahalliy davlat arboblariga koʻrsatma berishi mumkin edi[4].

Barton Hightstown shahrida dars berayotganda, qoʻshni shahar Bordentown davlat maktablarining yetishmovchiligi haqida oʻrganan[4]. 1852-yilda u Bordentownda bepul maktab ochish uchun shartnoma tuzgan, bu New Jerseydagi birinchi bepul maktab edi[9]. Maktab ochilishidan bir yil oʻtib, Clara 600 dan ortiq odamni oʻqitish uchun oʻziga yiordamchi sifatida bir ayol yollagan. Ikkalasi yiliga 250 dollar ishlab topardi. Bu yutuq shaharni yangi maktab binosi uchun qariyb 4000 dollar yigʻishga majbur qilgan. Yana bir maktab qurilishi tugallangandan soʻng, maktab kengashi tomonidan saylangan odam Barton oʻrniga direktor etib tayinlangan. Ular katta muassasa rahbari lavozimini ayol kishi eplolmaydi deb hisoblashgan. Clara „yordamchi ayol“ darajasiga tushirilgan va sogʻligʻi bilan bogʻliq kasalliklar bilan birga tushkunlikka tushib, ishdan boʻshagunicha ogʻir sharoitlarda ishlagan[10].

1855-yilda Clara Vashingtonga koʻchib oʻtgan va AQSh Patent idorasida kotib sifatida ishlay boshlagan[11]; bu holat birinchi marta federal hukumatda ayol ishlashi va erkaklarning maoshiga teng maosh olishiga jiddiy xizmat koʻrsatgan edi. Uch yil davomida u erkak kotiblardan koʻplab haqoratlar eshitgan va tuhmatlarga duchor boʻlgan[12]. Keyinchalik, davlat idoralarida ishlaydigan ayollarga nisbatan siyosiy qarshilik ostida, uning lavozimi nusxa koʻchiruvchi lavozimiga qisqartirilib, 1858-yilda James Buchanan maʼmuriyati ostida u „qora respublikachiligi“ tufayli ishdan boʻshatilgan[12]. Abraham Lincoln saylanganidan soʻng, Clara Massachusets shtatida uch yil qarindoshlari va doʻstlari bilan yashab, 1861-yilning kuzida patent idorasiga qaytib kelgan va davlat xizmatida koʻproq ayollarga yoʻl ochishga umid qilib, vaqtincha nusxa koʻchiruvchi sifatida ishlay boshlagan.

Amerika fuqarolar urushi

tahrir
 
Barton c. 1866-yil

1861-yil 19-aprelda Baltimordagi qoʻzgʻolon Amerika fuqarolar urushining birinchi qon toʻkilishiga olib kelgan. Jarohatlangan 6-Massachusets militsiyasining (6th Massachusetts Militia) aʼzolari Barton yashayotgan Vashingtondagi qurilishi tugallanmagan Kapitoliy binosiga olib ketilgan. Oʻz vataniga xizmat qilmoqchi boʻlgan Barton qurbonlar keltirilganida temir yoʻl vokzaliga borib, 40 nafar erkakka gʻamhoʻrlik qilgan[12]. Barton askarlarga juda muhim, shaxsiy yordam koʻrsatgan, ularning koʻplari yarador, och va yelkalarida koʻtarib yurgan narsalaridan boshqa hech vaosi yoʻq edi. Clara askarlarga shaxsan yordam berish uchun binoga kerakli narsalarni olib kelgan.

Barton baʼzilari bilan birga katta boʻlgani va hatto baʼzilarini oʻqitgani uchun jarbrlanganlarni tezda tanib olgan. Barton boshqa bir qancha ayollar bilan birga kasal va yarador askarlar uchun kiyim-kechak, oziq-ovqat va jihozlar bilan shaxsan taʼminlagan. U tibbiy buyumlarni saqlash va tarqatishni o‘rgangan va askarlarning kayfiyatini ko‘tarib, ularga ruhiy yordam bergan. Barton ularga kitob o‘qib berardi, oilalariga xat yozar, ular bilan suhbatlashib, qo‘llab-quvvatlardi[13].

Aynan oʻsha kuni u oʻzini armiya ishi bilan tanishtirgan va Ittifoq askarlari uchun tibbiy buyumlarni yigʻish harakatlarini boshlagan. Toʻgʻridan-toʻgʻri jang maydoniga oziq-ovqatlarni tarqatish va qoʻshimcha yordam olishdan oldin, Barton oʻzining turar joyini omborxona sifatida ishlatgan va 1862-yil boshida urush boʻlimi va dala jarrohlari oʻrtasidagi qarshiliklarga qaramay, bir nechta doʻstlari yordamida materiallarni tarqatgan[2]. Ayollarga yordam jamiyati keyinchalik fuqarolar urushi paytida tarqatiladigan bandajlar, oziq-ovqat va kiyim-kechaklarni yuborishda yordam bergan. 1862-yil avgustda Barton nihoyat chorak ustasi Daniel Rukerdan frontda ishlashga ruxsat olgan. U oʻz ishiga ishongan boshqa odamlardan yordam olgan. Bu odamlar uning homiylari boʻlishgan va uni eng koʻp qoʻllab-quvvatlagan Massachusets shtatidan boʻlgan senator Henry Wilson edi[14].

Barton kasalxonalarni tozalash, kiyim-kechaklarni tarqatishni nazorat qilish va yarador askarlarni oziq-ovqat bilan taʼminlash uchun ishlagan[15]. Barton Ittifoq va Konfederatsiya askarlariga yordam bergan[16]. Biroq, kerakli mahsulot va ashyolar har doim ham mavjud emas edi. Masalan, Antietam jangida Barton bint oʻrniga makkajoʻxori qobigʻidan foydalangan[17].

1863-yilda u ofitser polkovnik John J. Elwell bilan ishqiy munosabatda boʻlgan[18].

1864-yilda Barton Ittifoq generali Benjamin Butler tomonidan James armiyasining old qismidagi kasalxonalarga „mas’ul xonim“ etib tayinlangan. Barton Amerikaning "Florens Nightingale" sifatida tanilgan[19]. U 1862-yil avgustida Shimoliy Virjiniyadagi Sidar togʻida boʻlib oʻtgan jangdan keyin oʻta ogʻir jarohatlangan askarlarga yordamga kelganidan keyin „Jang maydoni farishtasi“[13] nomi bilan ham tanilgan. Yarim tun boʻlishiga qaramay qattiq yaralangan askarlarga yordam berish uchun Barton ogʻir ashyolar bilan kasalxonaga yetib kelardi. Bu nom uning Feyrfaks stantsiyasi, Chantilly, Xarpers paromi, Janubiy togʻ, Antietam, Frederiksburg, Charleston, Peterburg va Cold Harbor janglarida qoʻshinlarga xizmat qilgani uchun tez-tez oʻz vaqtida yordam bergani tufayli paydo boʻlgan.

Urushdan keyin

tahrir

Amerika fuqarolar urushi tugagandan soʻng, Barton askarlarning qarindoshlari tomonidan urush boʻlimiga yuborilgan minglab xatlar javobsiz qolayotganini aniqlagan, chunki ular xatlarida soʻragan askarlar nomaʼlum qabrlarga dafn etilgan edi. Koʻplab askarlar „yoʻqolgan“ deb belgilangan. Miss Barton soʻrovlarga rasmiy javob berish uchun ruxsat olish umidida Prezident Lincoln bilan bogʻlangan. Unga ruxsat berilib, „Yoʻqolganlarni qidirish“ harakati boshlangan.

Urushdan keyin Barton Gallery Place mahallasidagi Vashington, Shimoli-gʻarbiy okrugdagi 437 ½ Seventh Street, 437 ½ manzilida yoʻqolgan askarlar idorasini boshqargan. Ofisning maqsadi jangda halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan askarlarni topish yoki aniqlash edi[20]. Barton va uning yordamchilari so‘rovlarga 41 855 ta javob yozgan va 22 000 dan ortiq bedarak yo‘qolgan odamni topishga yordam bergan. Barton 1865-yilning yozini Jorjiyadagi Konfederatsiya harbiy asirlar lageri boʻlgan Andersonvil qamoq lagerida halok boʻlgan 13 000 kishini topish, aniqlash va toʻgʻri dafn etishga yordam berish bilan oʻtkazdi[21]. Keyingi toʻrt yil davomida bu vazifani davom ettirib, yana 20 000 Ittifoq askarlarini dafn etgan va qabrlarini nomlagan[22]. Kongress uning loyihasi uchun 15 000 dollar ajratgan[23].

Amerika Qizil Xochi

tahrir
 
Antietam milliy jang maydonidagi Clara Barton yodgorligi tafsiloti va tugʻilgan uyidagi gʻishtdan yasalgan qizil xoch.

Barton 1865 — 1868-yillardagi urush tajribasi haqida butun mamlakat boʻylab maʼruzalar oʻqib, keng eʼtirofga erishgan. Bu vaqt ichida u Susan B. Anthony bilan uchrashgan va ayollarning saylov huquqi harakati bilan hamkorlik qila boshlagan. Barton Frederick Douglass bilan ham tanishib, fuqarolik huquqlari faoliga aylangan. Mamlakat boʻylab gastrol safaridan soʻng u ham ruhan, ham jismonan charchagan va shifokorning koʻrsatmasi bilan ishidan uzoqlashtiradigan joyga borishga majbur boʻlgan. Barton 1868-yilda bedarak yoʻqolgan askarlar idorasini yopgan va Yevropaga sayohat qilgan. 1869-yilda Shveytsariyaning Jeneva shahriga safari chogʻida Barton Qizil Xoch va doktor Appia bilan tanishgan; doktor keyinchalik uni Qizil Xochning Amerika boʻlimi vakili boʻlishga taklif qiladi va unga Amerika Qizil Xoch tashkilotining boshlanishi uchun moliyaviy xayriyachilarni topishga yordam beradi. Shuningdek, u Henry Dunantning betaraf asosda ixtiyoriy ravishda yordam koʻrsatish uchun milliy jamiyatlarni shakllantirishga chaqiruvchi „Solferino xotirasi“ kitobi bilan tanishib chiqadi.

Fransiya-Prussiya urushining boshida, 1870-yilda u Baden Buyuk Gertsogiga harbiy kasalxonalarni tayyorlashda yordam bergan va urush paytida Qizil Xoch jamiyatiga katta hissa qoʻshgan. Nemis hukumati va Strasburg Comité de Secourning birgalikdagi iltimosiga binoan Barton 1871-yilda Parij qamalidan keyin Strasburg kambagʻallarini ish bilan taʼminlashga rahbarlik qiladi va 1871-yilda parijlik qashshoq odamlarga oziq-ovqatlarni ommaviy taqsimlash uchun mas’ul boʻladi. Urush oxirida u Badenning Oltin xochi va Prussiya Temir xochining faxriy ordenlari bilan taqdirlangan.

Barton Amerika Qoʻshma Shtatlariga qaytib kelgach, ushbu mamlakat hukumati tomonidan Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasining (ICRC) tan olinishi uchun harakat tashkil qiladi[24]. 1873-yilda u ushbu loyiha ustida ishlay boshlaydi. 1878-yilda u prezident Rutherford B. Hayes bilan uchrashadi, u oʻsha paytdagi koʻpchilik amerikaliklarning fikrini bildirdi, bu AQSh fuqarolar urushi kabi falokatga boshqa hech qachon duch kelmaydi. Barton nihoyat prezident Chester Artur boshqaruvi davrida yangi Amerika Qizil Xoch jamiyati zilzilalar, oʻrmon yongʻinlari va boʻronlar kabi tabiiy ofatlar kabi urushdan tashqari inqirozlarga ham javob berishi mumkinligi haqidagi argumentdan foydalanib muvaffaqiyatga erishdi.


Jamiyatning roli Ispaniya-Amerika urushining boshlanishi bilan oʻzgaradi, bu davrda jamiyat qochqinlar va fuqarolar urushi asirlariga yordam berdi. Ispaniya-Amerika urushi tugaganidan soʻng, minnatdor Santyago aholisi Barton sharafiga shahar maydonida haykal qurdishadi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida Barton koʻplab gazetalarda maqtovga sazovor boʻladi va Qizil Xoch operatsiyalari haqida shaxsan xabar beradi[25].

 
Barton Armanistonning 2021-yilgi markasida.

Barton 1884-yilda Ogayo daryosidagi toshqinlardan kelib chiqqan muammolarga yordam berdi, 1887-yilgi ocharchilik paytida Texasni oziq-ovqat va kerakli resurslar bilan taʼminladi, 1888-yilda tornadodan keyin ishchilarni Illinoysga olib ketdi va oʻsha yili sariq isitma epidemiyasi tufayli ularmi Florida shtatiga olib bordi[26]. Barton 1889-yilda Jonstaun toshqinidan keyin bir necha kun ichida 50 nafar shifokor va hamshiralar delegatsiyasini boshqardi[26]. Barton 1896-yilda Hamidiy qirgʻinlarining Usmonli imperiyasidagi gumanitar inqirozga javoban, 15-fevralda Konstantinopolga keldi. Barton vazir Terrell bilan birga Turkiya tashqi ishlar vaziri Tevfik Posha bilan ichki ishlarga kirish huquqini olish maqsadida suhbatlashdi. Bartonning oʻzi ekspeditsiya ishlarini olib borish uchun Konstantinopolda qoldi. Barton 1898-yilda 77 yoshida Kubadagi kasalxonalarda ham ishlagan[27]. Bartonning Amerika Qizil Xoch prezidenti sifatida soʻnggi dala operatsiyasi 1900-yilda Galveston dovulidan jabrlanganlarga yordam berish edi. Operatsiya natijasida bolalar uchun mehribonlik uyi tashkil etildi.

 
Jeyms E. Purdy tomonidan chizilgan Barton surati (1904)

Uning kasbiy va shaxsiy resurslari aralashib ketgani uchun tanqidlar paydo boʻlgani sababli, Barton 1904-yilda 83 yoshida Amerika Qizil Xoch prezidenti lavozimidan isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi[28]. Isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Barton Milliy Birinchi yordam jamiyatiga asos soldi (National First Aid Society).

Soʻnggi yillari

tahrir

Barton Merilend shtatidagi Glen Echo uyida yashashni davom ettirdi. Barton oʻzining avtobiografiyasini 1908-yilda „Bolaligimning hikoyasi“ deb nomlagan[29]. Clara Barton 1912-yil 12-aprelda 90 yoshida zotiljam tufayli oʻz uyida vafot etdi.

Clara Barton nomi bilan atalgan joylar

tahrir
 
Clara Barton — Jon Sartainning poʻlat oʻymakorligi

Maktablar

tahrir

Koʻchalar

tahrir
  • Clara Barton Road, Oxford, Massachusetts
  • Clara Barton Lane, Galveston, Texas
  • Barton Boulevard, Rockledge, Florida
  • Clara Barton Drive, Albany, New York
  • Clara Barton Drive, Fairfax Station, Virginia
  • Clara Barton Parkway, Maryland
  • Clara Barton Street, Dansville, NY
  • Clara Barton Boulevard, Garland, TX
  • Clara Barton Circle, Sylacauga, AL
  • Clara Bartonstraat, Amsterdam
  • Barton Road, Windsor, Maine
  • Clara Barton Road, Douglas County, Wisconsin

Boshqa xotiralar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Summers. „Clara Barton – Founder of the American Red Cross“. Truth About Nursing. Qaraldi: 2017-yil 5-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 Edward, James. Notable American Women 1607–1950: A Biographical Dictionary, Vol. 1.. Cambridge, MA: Belknap Pr., 1971 — 103–107-bet. 
  3. „Barton, Clara“. National Women’s Hall of Fame.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Bacon-Foster, Corra (1918). "Clara Barton, Humanitarian". Records of the Columbia Historical Society, Washington, D.C. 21: 278–356. 
  5. 5,0 5,1 5,2 Barton, Clara (1980). The Story of My Childhood New York: Arno Press Inc
  6. 6,0 6,1 6,2 Pryor, Elizabeth Brown (1987). Clara Barton: Professional Angel. Philadelphia: University of Pennsylvania Press. ISBN 0812212738
  7. Pryor, Elizabeth Brown. Clara Barton: professional angel. Philadelphia: University of Pennsylvania, 1988. ISBN 978-0812212730. 
  8. Pryor, Elizabeth Brown (2000). „Barton, Clara“. American National Biography
  9. Howard, Angela. Handbook of American Women's History. NY: Garland, 1990 — 61–62-bet. 
  10. Spiegel, Allen D (1995). "The Role of Gender, Phrenology, Discrimination and Nervous Prostration in Clara Barton's Career". Journal of Community Health 20 (6): 501–526. doi:10.1007/BF02277066. PMID 8568024. https://archive.org/details/sim_journal-of-community-health_1995-12_20_6/page/501. 
  11. „Clara Barton“ (Wayback Machine saytida 2018-05-04 sanasida arxivlangan), Dictionary of Unitarian & Universalist Biography
  12. 12,0 12,1 12,2 Willard, Frances E.. Great American Women of the 19th Century: A Biographical Encyclopedia. Amherst, NY: Humanity Books, 2005 — 81–82-bet. ISBN 9781591022114. 
  13. 13,0 13,1 „Clara Barton | American Red Cross Founder | Who is Clara Barton“. American Red Cross. Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.
  14. Oates, Stephen B.. A Woman of Valor. Macmillan, 1994 — 13, 51–52-bet. ISBN 0029234050. 
  15. Oates, Stephen B.. A Woman of Valor. Macmillan, 1994 — 58–64, 67–77, 83–91, 106–120-bet. ISBN 0029234050. 
  16. Tsui, Bonnie. She Went to the Field: Women Soldiers of the Civil War. Guilford: Two Dot, 2006 — 110-bet. ISBN 978-0762743841. 
  17. Hall, Richard H.. Women on the Civil War Battlefront. Lawrence: University Press of Kansas, 2006 — 41-bet. ISBN 978-0700614370. 
  18. Oates, Stephen B.. A Woman of Valor. Macmillan, 1994 — 145–146, 148–157-bet. ISBN 0029234050. 
  19. Barton, William Eleazar „The Forerunners of the Red Cross“, . The Life of Clara Barton: Founder of the American Red Cross, Volume 2. Houghton Mifflin, 1922 — 115-bet. 
  20. „Clara Barton Missing Soldiers Office“. National Museum of Civil War Medicine. 2013-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-iyun.
  21. „Clara Barton and Andersonville“. National Park Service. Qaraldi: 2016-yil 30-yanvar.
  22. Harper, Ida H. (1912). "The Life and Work of Clara Barton". The North American Review 195 (678): 701–712. 
  23. Peck, Garrett. Walt Whitman in Washington, D.C.: The Civil War and America's Great Poet. Charleston, SC: The History Press, 2015 — 76–79-bet. ISBN 978-1626199736. 
  24. Epler, Percy Harold. The Life of Clara Barton. Macmillan, 1915. Qaraldi: 2010-yil 28-sentyabr. 
  25. Dromi, Shai M.. Above the fray: The Red Cross and the making of the humanitarian NGO sector. Chicago: Univ. of Chicago Press, 2020 — 102–106-bet. ISBN 978-0226680101. 
  26. 26,0 26,1 McCullough, David. The Johnstown Flood. New York: Simon & Schuster, 1968. ISBN 978-0671395308. 
  27. Ardalan, Christine (2010). "Clara Barton's 1898 battles in Cuba: a reexamination of her nursing contributions". Florida Atlantic Comparative Studies Journal 12 (1): 1–20. Archived from the original on 2022-10-10. https://ghostarchive.org/archive/20221010/http://home.fau.edu/peralta/web/FACS/CLARABARTON.pdf. 
  28. Downing, Margaret Brent (1924). "The Centenary of Clara Barton and Recent Biographical Sketches of Her Life and Achievements". Records of the Columbia Historical Society, Washington, D.C. 26: 121–128. 
  29. „The Story of My Childhood“. World Digital Library (1907). Qaraldi: 2013-yil 9-oktyabr.
  30. „Clara Barton School No. 2 / Overview“. rcsdk12.org. 2019-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-oktyabr.

Havolalar

tahrir