Akino (Ayashpo) Korason (1933.25.1, Tarlak viloyati) — Filippin tarixida birinchi ayol-prezident (1986—92). Obroʻli Koxuangko oilasidan. Mamlakatda F. Markosning avtoritar tuzumiga qarshi kurashgan B. Akinoning bevasi. 1986-yil fevralda Maniladagi ommaviy namoyishlar natijasida F. Markos diktaturasi tugatilgach, hokimiyat tepasiga kelgan. 1987-yil hozirda ham amalda boʻlgan demokratik konstitutsiya qabul qilingan. Akino hokimiyatni boshqargan dastlabki davrda "diktatura qurboni va demokratiya xaloskori" sifatida juda mashhur boʻlgan. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashga harakat qilgan. Qashshoqlik va korrupsiyaga qarshi kurashgan. Hukmron doiralar orasidagi ichki ziddiyatlar va muxolifatning faollashuvi natijasida Akino siyosati samarasiz boʻlgan. Biroq Akino hokimiyatni konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan muddat tugaguncha idora etib hokimiyatni yangi prezidentga demokratik asosda topshirishga erishgan[1].

Manbalar

tahrir