Curtis McMullen
Curtis McMullen (talaffuzi: Kyortis Makmullen) (1958-yil 21-mayda tugʻilgan) – amerikalik matematik. Harvard universitetida ishlaydi. Golomorf dinamika, Lobachevskiy geometriyasi, Teichmüller teoriyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1998-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Curtis McMullen | |
---|---|
Tavalludi |
21-may 1958-yil Berkeley, California, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Harvard universiteti Massachusetts texnologiya instituti Matematika fanlari tadqiqot instituti Perspektiv tadqiqotlar instituti Princeton universiteti California universiteti, Berkeley |
Taʼlimi |
Harvard universiteti Williams kolleji |
Akademik rahbarlari | Dennis Sullivan |
Mashhur shogirdlari |
Jeffrey Brock Laura DeMarco Jeremy Kahn Maryam Mirzaxoniy |
Mashhur ishlari | Golomorf dinamika, Lobachevskiy geometriyasi, Teichmüller teoriyasi |
Mukofotlari |
Sloan stipendiyasi (1988) Salem mukofoti (1991) Fields medali (1998) Guggenheim stipendiyasi (2004) Humboldt mukofoti (2011) |
McMullen 1980-yil Williams kollejini eng yuqori oʻrtacha ball bilan tamomlagan. 1985-yil Dennis Sullivan Harvard universitetidan PhD darajasini olgan. Soʻngra Massachusetts texnologiya instituti, Matematika fanlari tadqiqot instituti, Perspektiv tadqiqotlar instituti, Princeton universiteti hamda Berkleydagi California universitetida ishlagan. 1997-yilda beri Harvard universitetida ishlaydi.
McMullen bir necha nufuzli mukofotni olgan. 2007-yil AQSH Milliy fanlar akademiyasi aʼzosi etib saylangan. 2012-yildan beri Amerika matematika jamiyati aʼzosi.