Da Afgʻoniston banki
Da Afgʻoniston banki (DAB, pushtucha: د افغانستان بانک ; dariycha: بانک مرکزی افغانستان) – Afgʻoniston markaziy banki. Mamlakatdagi barcha banklar faoliyati va pul muomalasini tartibga soladi[6]. 1939-yilda tashkil etilgan bank toʻliq davlat banki hisoblanadi. DAB moliyaviy inklyuzivlikni ragʻbatlantirish siyosatini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi va Moliyaviy inklyuzivlik ittifoqi aʼzosi[7].
Bosh qarorgohi | Kobul, Afgʻoniston |
---|---|
Tashkil etilgan yili | 1939-yil 17-noyabr |
Mulkchilik shakli | 100% davlat mulki[1] |
Rais | Hidoyatullo Badriy (v.b.)[2] |
Markaziy banki | Afgʻoniston |
Valyutasi |
Afgʻoni Andoza:ISO 4217/code (ISO 4217) |
Oltin-valyuta zaxiralari | $9,5 mlrd[3][4][5] |
Veb sayti | dab.gov.af |
Hozirda Da Afgʻoniston bankining butun mamlakat boʻylab 52 ta filiali mavjud boʻlib, ulardan yettitasi Kobulda joylashgan. Bosh qarorgohi ham Kobulda[8]. 2023-yil dekabr holatiga koʻra, individual bank mijozlari haftasiga 70 000 afgʻonidan (1 000 AQSh dollari) ortiq mablagʻni yechib olishlari mumkin emas[9][10][11].
Tarixi
tahrir1918—1936-yillarda Afgʻoniston Gʻaznachiligi pul birligini dastlab – rupiyada, 1926-yil boshlab afgʻonida emissiya qila boshladi. 1933-yilda mamlakatda birinchi bank Afgʻoniston Milliy banki tashkil etilib, 1935-yildan banknotlarni muomalaga chiqara boshladi. 1939-yilda Da Afgʻoniston banki tashkil etildi. Ayni yildan bank banknotlarni emissiya qilishni boshladi[12].
Bank muhri
tahrirDa Afgʻoniston bankining muhri tepasida pushtu tilida bank nomi, pastida esa lotin yozuvida, bank tashkil etilgan 1939-yil hamda Yevkratid I davriga oid tanga „Buyuk qirol Yevkratidga tegishli“ deb tarjima qilinuvchi „ΒΑΣΙΛΕΩΣ ΜΕΓΑΛΟΥ ΕΥΚΡΑΤΙΔΟΥ“ yunoncha matn tasvirlangan.
Vazifasi
tahrirDABning asosiy vazifalari:
- Afgʻonistonning pul-kredit siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish.
- Afgʻonistonning rasmiy valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish.
- Afgʻoni banknotlari va tangalarini chop etish va emissiya qilish.
- Davlatning bankiri, maslahatchi va fiskal agenti sifatida harakat qilish.
- Banklarni, valyuta dilerlarini, pul xizmatlarini koʻrsatuvchi provayderlarni, toʻlov tizimlari operatorlarini, qimmatli qogʻozlar xizmatlarini yetkazib beruvchilarni, qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish tizimi operatorlarini litsenziyalash, tartibga solish va nazorat qilish.
- Toʻlovlar, davlat yoki DAB tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish, toʻlov operatsiyalari va bunday qimmatli qogʻozlar operatsiyalari boʻyicha kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirishning ishonchli va samarali tizimlarini yaratish, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish.
- Afgʻonistonda ishlashni istovchi xorijiy banklarning arizalarini qabul qilish[13].
Oliy Kengashi
tahrir2021-yil iyul holatiga koʻra DAB Oliy Kengashi quyidagi aʼzolardan iborat edi[14][15]:
- Ajmal Ahmadiy, Bank raisi va Oliy Kengash raisi vazifasini bajaruvchi
- Doktor Shoh Muhammad Mehrobiy – aʼzo
- Katrin Faqiriy – aʼzo
- Abdulvakil Muntazir – aʼzo
- Muhammad Naim Azimiy – aʼzo
2021-yil avgustida Afgʻoniston Islom Respublikasi parchalangani sababli Oliy Kengashning hozirgi holati nomaʼlum.
Raislari
tahrir- Habibulla Mali Achikzay, 1954–1960 [16]
- Abdulhay Aziziy, 1960–1975 [16]
- Muhammad Hakimxon, 1975–1980 [16]
- Gʻulom Husayn Jujoniy, 1980–1982 [16]
- Mehrobiddin Paktiaval, 1982–1985 [17] [16]
- Abdulbasir Ranjbar, 1985–1988 [16]
- Muhammad Kabir, 1988–1990 [17] [16] [18]
- Xalil Sodiq, 1990–1991 [19][16] [20]
- Abdulvahob Asefiy, ?–1991–? [17]
- Najibulloh Sahu, ?–1992–? [21]
- Zabihulloh Eltezam, ?–1993 [22]
- Gʻulom Muhammad Yaylaqiy, 1993 [23]
- Muhammad Hakimxon, 1993–1995 [24][23]
- Ehsonulloh Ehson, Tolibon davrida, 1996–1997 [25]
- Abdulsamad Soniy, Tolibon davrida, 1997-? [26]
- Muhammad Ahmadiy, Tolibon davrida, ?–2001 [27]
- Anvar ul-Haq Ahadiy, 2002–2004 [28][16]
- Nurulloh Delvariy, 2004–2007 [28] [16]
- Abdulqodir Fitrat, 2007–2011 [28]
- Nurulloh Delvariy, 2011–2014 [28]
- Xon Afzal Hadaval, vazifasini bajarauvchi, 2014–2015 [28]
- Xalil Sodiq, 2015–2019 [28]
- Vohidulloh Noshir, vazifasini bajaruvchi, 2019–2019 [28]
- Ajmal Ahmadiy, vazifasini bajaruvchi, 2019–2021 [29]
- Hoji Muhammad Idris, Tolibon davrida, 2021-yil avgust – 2021-yil oktyabr
- Shokir Jaloliy, Tolibon davrida, 2021-yil oktyabr – hozirgi kungacha
- Hidoyatullo Badriy, v.b., 2023-yil martdan boshlab[30][31][2]
AQShdagi aktivlarni musodara qilish
tahrirDAB Nyu-York Federal zaxira bankida saqlanadigan 7 milliard dollarga yaqin aktivlarga egalik qilardi. 2021-yilda Tolibon hokimiyatni egallab olganidan soʻng, 11-sentabr hujumlari qurbonlarining 150 ga yaqin qarindoshlaridan iborat guruh Nyu-York janubiy okrugi uchun Amerika Qoʻshma Shtatlari okrug sudidan „Havlish Bin Ladenga qarshi“ ishi boʻyicha ushbu aktivlar hozirda qonuniy ravishda Tolibonga tegishli ekanligi va shu sababli 11 sentabr qurbonlari oilalariga zararni toʻlash uchun ishlatishni talab qildilar. [32] Muhokamalardan soʻng, Bayden maʼmuriyati ushbu talabni bajarib, aktivlarni ikkiga boʻldi, ulardan biri daʼvogarlarga potentsial zarar sifatida ajratiladi, ikkinchisi esa „afgʻon xalqining ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlash“ deb nomlangan, Tolibon hukumatining ularga kirishi taqiqlangan maqsadli jamgʻarmani tashkil etish uchun ishlatiladi. [33][34] 2022-yil 26-avgustda sudya zararni toʻlamaslikni tavsiya qildi, chunki bank „yurisdiksiyadan immunitetga ega“ va bu harakat Tolibonni Afgʻonistonning qonuniy hukumati sifatida „tan olish sanaladi“. [34]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Weidner, Jan „The Organisation and Structure of Central Banks“ (PDF). Katalog der Deutschen Nationalbibliothek (2017). 2020-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
- ↑ 2,0 2,1 „Central bank chief Badri wounded in traffic accident“ (2023-yil 2-sentyabr). 2024-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- ↑ „The US and Taliban are negotiating the release of part of the $9.5 billion in frozen Afghan government assets, report says“. Business Insider (2022-yil 26-iyul). Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
- ↑ „US freezes Afghan central bank's assets of $9.5bn“. Al Jazeera (2021-yil 18-avgust). 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
- ↑ „U.S. Freezes Nearly $9.5 Billion Afghanistan Central Bank Assets“. Bloomberg News (2021-yil 17-avgust). Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
- ↑ „DAB officials: Inflation rate falls, afghani's value increases“. Pajhwok Afghan News (2023-yil 9-avgust). 2024-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
- ↑ „AFI members“. AFI Global (2019-yil 18-iyun). 2012-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
- ↑ „Zones and Branches“. Da Afghanistan Bank. 2024-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
- ↑ „DAB increases withdrawal limit from bank accounts“. Ariana News (2023-yil 30-noyabr). 2024-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-dekabr.
- ↑ „Restrictions on cash withdrawal from banks further eased: DAB“. Pajhwok Afghan News (2023-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 1-dekabr.
- ↑ „Central Bank Raises Withdrawal Limits“. TOLOnews (2023-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 1-dekabr.
- ↑ Бутаков Д.Д., Золотаренко Е.Д., Рыбалко Г.П.. Валюты стран мира: Справочник, 5-nashr, Москва: Финансы и статистика, 1987 — 383-bet.
- ↑ „Licensing Procedure“. aisa.org.af. 2013-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Supreme Council | Da Afghanistan Bank“ (en). www.dab.gov.af. 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
- ↑ „DAB Supreme Council Holds Second meeting during the fiscal year 2021 | Da Afghanistan Bank“ (en). www.dab.gov.af (2021-yil 4-iyul). 2021-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
- ↑ 16,00 16,01 16,02 16,03 16,04 16,05 16,06 16,07 16,08 16,09 „DAB History“. Da Afghanistan Bank.
- ↑ 17,0 17,1 17,2 Central Banking Directory. Central Banking Publications, 18 April 1993. ISBN 978-0-9517903-1-1.
- ↑ Directorate of Intelligence (1989). Chiefs of State and Cabinet Members of Foreign Governments. Central Intelligence Agency. p. 1. https://hdl.handle.net/2027/uc1.c049297898.
- ↑ Directorate of Intelligence (2003). Chiefs of State and Cabinet Members of Foreign Governments. Central Intelligence Agency. https://babel.hathitrust.org/cgi/pt?id=uc1.c110545539.
- ↑ Directorate of Intelligence (1991). Chiefs of State and Cabinet Members of Foreign Governments. Central Intelligence Agency. https://hdl.handle.net/2027/osu.32435083449116.
- ↑ Directorate of Intelligence (1992). Chiefs of State and Cabinet Members of Foreign Governments. Central Intelligence Agency. https://hdl.handle.net/2027/osu.32435083449264.
- ↑ Directorate of Intelligence (1994). Chiefs of State and Cabinet Members of Foreign Governments. Central Intelligence Agency. https://hdl.handle.net/2027/osu.32435083447946.
- ↑ 23,0 23,1 Fitrat, Abdul Qadeer. The Tragedy of Kabul Bank. Page Publishing Inc, 7 March 2018. ISBN 978-1-64027-368-9.
- ↑ Chiefs of State and Cabinet members of foreign governments / National Foreign Assessment Center. 1995 no.1-4.. 1995. https://hdl.handle.net/2027/msu.31293012852699.
- ↑ Linschoten, Alex Strick van. An Enemy We Created: The Myth of the Taliban-Al Qaeda Merger in Afghanistan (en). Oxford University Press, 23 August 2012. ISBN 978-0-19-997723-9.
- ↑ Gannon. „Pakistan frees 2 Taliban members as US envoy visits region“ (en). Associated Press (2018-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
- ↑ „Consolidated TEXT: 32011R0753 — EN — 10.03.2017“. eur-lex.europa.eu.
- ↑ 28,0 28,1 28,2 28,3 28,4 28,5 28,6 „Nosher, Wahidullah“. Who is who in Afghanistan?.
- ↑ „Finland Ministry of Foreign Affairs“. 2018 Geneva Conference Side Event: Economic priorities and aid effectiveness (2018-yil 28-noyabr).
- ↑ „Mullah Badri named as Da Afghanistan Bank chief“ (2023-yil 22-mart). Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Afghani strengthens by 4.4% against US dollar: central bank“ (2023-yil 9-avgust). 2023-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- ↑ Savage, Charlie. „More Sept. 11 Victims Who Sued the Taliban Want Frozen Afghan Funds“. The New York Times (2021-yil 2-dekabr).
- ↑ Savage, Charlie. „Spurning Demand by the Taliban, Biden Moves to Split $7 Billion in Frozen Afghan Funds“. The New York Times (2022-yil 11-fevral).
- ↑ 34,0 34,1 Stempel, Jonathan. „Sept. 11 victims not entitled to seize Afghan central bank assets -U.S. judge“. Reuters (2022-yil 26-avgust). Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
Havolalar
tahrir- Rasmiy veb-sayti
- Da Afghanistan Bank Twitter sahifasi