Daha
Daha (fors—oʻnlik):
- oʻrta asrlarda Markaziy Osiyo va Eronda oʻn kishidan iborat jangovar boʻlinma. Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligidagi bunday harbiy boʻlinma boshligʻi dahaboshi, dahboshi deb atalgan;
- Oʻrta Osiyo xonliklarining qishloq joylari va yirik shaharlaridagi maʼmuriy-hududiy birlik. Bir necha qishloqlar bir Dahaga birlashtirilgan, yirik shaharlar esa bir necha Dahaga boʻlingan. Unda bir nechta mahalla, bir yoki bir nechta Madrasa, masjid, bozor, hammom va boshqa jamoat binolari boʻlgan. Daha ni oqsoqol (mingboshi) boshqargan. Mas, Toshkentda Koʻkcha, Beshyogʻoch, Sebzor va Shayxontohur Dahalari boʻlgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Даҳа – йўл тармоғининг қизил чизиқлари билан чегараланган кўчалараро ҳудуд, даха аҳолисига кундалик хизмат кўрсатиш объектлари билан бирлаштирилган гуруҳлар.