Hammom
Hammom — choʻmilish, yuvinish va poklanish uchun qurilgan maxsus bino. Asosiy xonasida issiq sui va issiq havo (turk, fin, Rim H.larida), issiq suv va bugʻ (rus, tatar H.larida) taʼsirida tsrlab, yuviniladi. In-son salomatligida H.ning aqamiyati katta.
Sharq mamlakatlarida oʻziga xos meʼmoriy H.lar qadimdan maʼlum. Yozma manbalar, arxeologiya maʼlumotlari 10—12-asrlarda Oʻrta Osiyo (Buxoro, Taroz, Niso va boshqa shaharlar) da H.lar issiklikni saqlash maq-sadida yerni chuqur qazib, deyarli yer ostida, yarim yer toʻla tarzida qurilganini koʻrsatadi. Buxoroda 16-asrda qurilgan Misgaron, Sarro-fon H.lari saqlangan. Arxitekturasi bir-biriga juda oʻxshash boʻlgan bu H.larning yechinish xonasi, choy ichib hordiq chiqariladigan katta (yogʻoch ustunli) xona, oʻrtada asosiy uqalash xonasi, uning atrofida yuviniladigan xonalar boʻlib, ular katta va kichik gumbazlar bilan yopilgan. Gʻisht, tosh terib ishlangan hovuzak (bak) larda issiq va qay-noq suvlar, xonalar ostidan qaynoq havo bilan isitilgan. Xonalardan xonalarga oʻtilgan (xonalar ichkariga tomon tobora isiy borgan). Oqava suvlar uchun ariqchalar qazilgan, xushboʻy moddalar va kul suv (ish-qorli suv) uchun moʻljallangan hovuzchalar sirti suvga chidamli maxsus qorishmalar ("qir") bilan qoplangan. Devorlar ganch bilan suvalgan, sirli sopol parchinlar bilan bezatilgan. Shahrisabz, Qarshi, Xiva (Anu-shon H.i) kabi shaharlarda qad. meʼmoriy H.lar saqlangan. Turkiyada 15—17-asrlarda qurilgan ulugʻvor H.lar saqlangan. Ularning koʻpchiligi ayollar va erkaklar uchun ikki qismdan iborat simmetrik qilib qurilgan. Boyazid hammomi (1501), meʼmor Xoʻja Sinon loyihasi bilan qurilgan Chinnili (1545), Xaseki (1556) H.lari muhim jamoat binolari qatorida serhashamligi bilan diqqatni tortadi.
Zamonaviy H.larning turli-tuman shakllari mavjud; suzish bas-seynlari, dezinfeksiya kameralari, fizioterapiya tadbirlari uchun xonalari, vannali va dushli, alohida xonalari dushlardan iborat yozgi pavilonlari boʻlgan H.lar bor. H.larning tarhi ularning vazifasiga qarab belgilanadi.
Kishi H.da yuvinganida uning barcha organizmi taʼsirlanadi. Issiqxonada badanning issiqtik chiqarishi qisman toʻxtaydi, uning temperaturasi 38—39° gacha koʻtariladi. Organizmda oksidlanish jarayoni va moddalar almashinuvi kuchayadi. Badandan kuchli ter chiqishi tufayli organizmning moddalar almashinuvida hosil boʻladigan mahsulotlarning chiqib ketishi zoʻrayadi, buyrakning ishi yengillashadi. Issiq havo taʼsirida teri kapillyar qon tomirlari kengayib, qon aylanishi yaxshilanadi. Yurak kasalligi, ateroskleroz, anevrizma, gi-pertoniya bilan ogʻrigan kishilar, shuningdek, bolalarning issiqxona (bugʻxona)dan foydalanishlari yaramaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |