Dajti togʻi milliy bogʻi
Dajti togʻi milliy bogʻi (albancha: Parku Kombëtar "Mali i Dajtit") — 1966-yilda Albaniyaning markaziy qismida tashkil etilgan milliy bogʻ, 293.84 km2 (113.45 kv mi) maydonni egallaydi[1]. Park shimoli-gʻarbda Shtame dovoni tabiat bogʻi, gʻarbda Kraste-Verjon qoʻriqlanadigan landshafti va sharqda Mali-me-Gropa-Bize-Martanesh qoʻriqlanadigan landshaftiga tutashgan. Park qoʻpol topografiyasi bilan ajralib turadi, bu ekotizimlar uchun qulay sharoit yaratadi.
Dajti tog‘i milliy bog‘i | |
Joylashuvi | Albaniya, Tirana |
Hudud | 28,561.85 km2 |
Tashkil topgan sanasi | 2006–yil 16–iyun |
Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) parkni II toifaga kiritgan. Park Planlife tomonidan xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan oʻsimliklar oʻsuvchi hudud sifatida eʼtirof etilgan[2].
2019-yilda Fushe Dajt shahridagi SH47 yoʻli boʻylab radio minoralari yonida joylashgan yangi Dajti Mt Milliy Parkining turistik axborot markazi ochildi[3].
Geologiya
tahrirDajti massivi, 1,613 m (5,292 ft) balandlikka koʻtarilgan togʻ zanjiri, Dajtidan tashqari janubda Priska, markazda Tujani va shimolda Braridan iborat[4][5]. Alpinistlar Tirana shahrini va mintaqadagi togʻlarni koʻrishlari mumkin. Gʻaroyib koʻrinishi tufayli bu joy Tiranning balkoni deb nomlangan. Tirananing asosiy suv manbalaridan biri Bovilla koʻli Brarning shimoli-sharqidagi tik qoyalar orasida joylashgan. Yana bir tabiiy diqqatga sazovor joy — Shengjergj qishlogʻi yaqinida joylashgan Shengjini sharsharalari hisoblanadi.
Flora va fauna
tahrirDajti flora va faunasi yuqori xilma-xillikka ega. Togʻda toʻngʻiz, Yevroosiyo boʻrisi, qizil tulki, yevropa quyoni, qoʻngʻir ayiq, sinkap, Yevropa yovvoyi mushugi yashaydi. Togʻlarning pastki qismida butazorlar, mirta va qulupnaylar oʻsadi. 600-1000 m balandlikda asosan eman, qoraqayin va chinor, 1000 m balandlikdagi ignabargli daraxtlar oʻsadi.
Oʻrmon yongʻinlari
tahrir2010-yillarda oʻrmonlarning kesilishi togʻdagi asosiy muammoga aylandi. 2012-yilning yozi va 2019-yil bahorida[6] boʻlib oʻtgan oʻrmon yongʻinlari natijasida 10 gektar oʻrmon maydoni zararlandi[7].
Har yili tez-tez, oʻrmon yongʻinlari sodir boʻlmoqda, aybdorlar esa sudlanmagan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Dajti National Park A Recreational Area for Citizens of Tirana, Albania“ (en). mmv.boku.ac.at.
- ↑ IUCN, World Wide Fund for Nature, Plantlife. „Important Plant Areas of the south and east Mediterranean region“ (en). portals.iucn.org.
- ↑ „Inaugurohet qendra e re e vizitorëve në Parkun Kombëtar të Dajtit - ATSH -“ (2019-yil 25-mart). 2020-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-iyul.
- ↑ „Dajti Mountain National Park“ (en). akzm.gov.al.
- ↑ „Figure 1. Dajti National Park (Albania), the study area.“ (en). researchgate.net.
- ↑ „Zjarr në Malin e Dajtit, Goxhaj: Ndërhyrja e vështirë për shkak të terrenit (VIDEO) - Shqiptarja“.
- ↑ „Zjarret në Dajt | Gazeta Shqip“ (en). Gazeta Shqip. Qaraldi: 2023-yil 24-oktyabr.