Eman, dub, bolut (Оиегсик.) — qoraqayindoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt, baʼzan butalar turkumi. Shimoliy yarim sharning moʻʼtadil, subtropik va tropik mintaqalarida 450 (Shimoliy va Markaziy Amerikada 200)dan ortiq turi bor. Rossiya, Kavkaz va Gʻarb. Yevropada tarqalgan bargi bandli oddiy yoki yozgi E. (0. гоиг), qoyali yoki qishki Emanni, gruziya emani mongol emani va boshqalar emanzor oʻrmonlar hosil qiladi. Oʻzbekistonda emanning qizil E. turi ekiladi. Ildizi oʻqildiz (5 m chuqurlikka kirib boradi). Daraxtining balandligi 20–25 m, shoxshabbasi keng. Barglari teskari tuxumsimon, oʻyma, novdalari qizgishqoʻngʻir rangda, tuksiz. Toʻpguli kuchala yoki boshcha. Aprel oyida gullab (15—60 yoshidan gullay boshlaydi), sentabrda urugʻi pishadi. Mevasi yongoqcha (choʻchqayongʻoq). E. yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka chidamli daraxt. 400—1000 yilgacha yashaydi. Yogʻochi aviatsiya va kemasozlikda, qurilishda, mebel sanoatida, bochkasozlikda qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Poʻstlogʻidan teri oshlashda foydalaniladi. Shahar koʻchalari va xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. E. ixrta oʻrmonlari tashkil qilishda 1-oʻrinni egallaydi, atrof muhitga sogʻlomlashtiruvchi taʼsiri boʻyicha boshqa oʻsimliklardan ustun turadi. E. toʻnkasidan oʻsib chiqadi va yongʻoqchasidan (kuzda ekib) koʻpaytiriladi. Koʻchatlari birikki yildan keyin (bahorda) koʻchirib oʻtqaziladi.

Gustave Courbet (1843)
Eman daraxtining pastdan koʻrinishi