Daniel Gureasko Bobrow (1935-yil 29-noyabr – 2017-yil 20-mart) amerikalik kompyuter olimi boʻlib, u axborot texnologiyalari olamida tez-tez tilga olinadigan STUDENT sunʼiy intellekt dasturini yaratgan. Bu ishi esa unga doktorlik dissertatsiyasini qoʻlga kiritishiga sababchi boʻldi [1] [2]. Dastlab BBN Technologies (BBN) da ishlagan olim, keyinchalik Palo Alto Research Centerining Intellektual Tizimlar laboratoriyasida ilmiy xodim boʻlib faoliyat yuritgan..

Daniel Gureasko Bobrow
Tavalludi 29-noyabr 1935-yil
Vafoti 20-mart 2017-yil(2017-03-20)
(81 yoshda)
Kasbi Dasturchi
Yoʻnalish Kompyuter fanlari

1935-yilda Nyu York shahrida tugʻilgan boʻlishiga qaramasdan, u 1957- yilda RPIdan bakalavr darajasini, 1958-yilda Garvardda SM va 1964-yilda esa Marvin Minsky rahbarligida MITda matematika fanlari nomzodi darajasini olgan. BBN da u TENEX ning ishlab chiquvchisi boʻlgan[3] [4].

Bobrow American Association for Artificial Itelligence (Amerika sunʼiy intellekt assotsiatsiyasi) (AAAI) prezidenti, Cognitive Science Society (Kognitiv fanlar jamiyati) raisi, Artificial Intellegence (Sunʼiy intellekt) jurnalining bosh muharriri kabi lavozimlarda ishlagan. Daniel Gureasko Bobrow 1992-yilda ACM dasturiy taʼminot tizimi mukofotini Interlispdagi ishi uchun boshqa besh PARC olimlari (Richard R. Burton, L. Peter Deutsch, Ronald Kaplan, Larri Masinter va Warren Teitelman) bilan boʻlishdi[5]. U ACM va AAAI aʼzolari safida boʻlgan[6]

Shu yilning 5-iyun sanasida Kaliforniyaning Palo Alto shahridagi Palo Alto tadqiqot markazida uning tavvalud kunini nishonlash marosimi boʻlib oʻtgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Rusty Bobrow (Danielning ukasi), „Danny Bobrow: A Personal Recollection“, AI Magazine 38 :4:85-86 (2017) toʻliq matn

Manbalar

tahrir