Daniel Bravo
Daniel Bravo (1963-yil 9-fevralda tugʻilgan) – fransuz sobiq professional futbolchisi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Bravo A Seriyasining Parma klubidagi qisqa muddatli faoliyatidan tashqari, butun faoliyatini oʻz vatani Fransiyada oʻtkazgan va Paris Saint-Germain klubi safida 217 ta oʻyin oʻtkazgan. Bravo 1984-yilda Fransiya terma jamoasi tarkibida UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Daniel Bravo[1] | ||
Tavallud sanasi | 9-fevral 1963-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Tuluza, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.76 m[2] | ||
Ampluasi | yarim himoyachi[2] | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1980–1983 | Nice | 91 | (18) |
1983–1987 | Monaco | 122 | (22) |
1987–1989 | Nice | 50 | (18) |
1989–1996 | Paris Saint-Germain | 217 | (23) |
1996–1997 | Parma | 24 | (0) |
1997–1998 | Lyon | 14 | (4) |
1998–1999 | Marseille | 20 | (1) |
1999–2000 | Nice | 19 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
1982–1989 | Fransiya | 13 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrirBravo Ispaniya fuqarolar urushidan qochib, Fransiyaning janubiga, Tuluza shahriga koʻchib kelgan ispan muhojirlari oilasida dunyoga kelgan[2]. Bravo 17 yoshida OGC Nice klubi safida Fransiyaning D1 chempionatida ishtirok etuvchi Metz klubiga qarshi oʻtkazilgan uchrashuvda oʻz debyut oʻyini oʻtkazgan[3]. 1982 yilda OGC Nice D2 chempionatiga tushishiga qaramay, Bravo 1982 yil fevral oyida Italiyaga qarshi uchrashuv uchun Fransiya milliy jamoasiga taklif etildi[4]. Uchrashuvda Blueslar Italiyani olti yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta magʻlub qildilar va Bravo oʻyindagi ikkinchi golini urgan.
Bravo D2 ligasida oʻynagan bir mavsum davomida Nice klubida qolib, oʻn bitta gol urgan. Shundan soʻng Bravo AS Monaco klubi bilan shartnoma imzoladi[5]. Bravo Paris Saint-Germain klubida va undan soʻng Italiyada toʻp surdi. Fransiya terma jamoasida tarkibida Bravo kamdan-kam maydonga tushgan boʻlsa-da, baribir Yevro 1984 turnirida ishtirok etdi va Yugoslaviyaga qarshi oʻyinda Jan-Mark Ferrerining oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi.
Bravo Marselda boʻlgan paytida 1999-yilgi UEFA kubogi finalida ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirBravo qoʻshiqchi Eva Bravoga uylangan, ularning oʻgʻli Lukas Bravo aktyor va model sifatida faoliyat yuritadi[6].
Yutuqlar
tahrirMonaco
Paris Saint-Germain FC
- Fransiya kubogi:: 1992–93, 1994–95
- 1-divizion: 1993–94
- Coupe de la Ligue: 1994–95
- UEFA kubogi gʻoliblari kubogi: 1995–96
Fransiya
- UEFA Yevropa chempionati: 1984
Manbalar
tahrir- ↑ „DB Consulting“ (fr). BFM Verif. NextInteractive. Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
„Daniel Bravo“ (fr). BFM Business. NextInteractive. Qaraldi: 2021-yil 30-mart. - ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Daniel Bravo“ (fr). Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
- ↑ „Daniel Bravo – Fiche de stats du joueur de football“. Pari-et-gagne.com. Qaraldi: 2011-yil 5-may.
- ↑ „FFF : Equipe de France, football, Bleus, Laurent Blanc, émotion bleue, vidéo, blueprint, boutique“. Fff.fr (2009-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 5-may.
- ↑ thibo 1. „Historique Daniel Bravo : Le Petit Prince – Toute l'actualité de l'AS MONACO – ASM FC – Planete-ASM“. Planete-asm.fr (2009-yil 13-iyul). 2013-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-may.
- ↑ „Everything you need to know about Emily in Paris star Lucas Bravo“.
Havolalar
tahrir- Daniel Bravo Fransiya futbol federatsiyasi rasmiy saytida (fransuzcha)
- Daniel Bravo bilan Frantsiya futbol federatsiyasi (Arxivga olingan) (frantsuz tilida)