Daniya — Qozogʻiston munosabatlari
Daniya — Qozogʻiston munosabatlari — Daniya va Qozogʻiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Daniya 1991-yil 31-dekabrda Qozogʻistonni tan oldi va 1992-yil 6-mayda diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. Hech qaysi mamlakatda doimiy elchilar mavjud emas. Qozogʻistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Daniyada akkreditatsiyadan oʻtgan[1][2]. 2005-yildan beri Daniyaning faxriy konsuli Moskvada istiqomat qiladigan Per Karlsendir[2]. Daniya 2005-yilda Olmaotada savdo vakolatxonasini ochgan[3].
Daniya |
Qozogʻiston |
Qiyosiy tavsif
tahrirNomi | Daniya | Qozogʻiston |
---|---|---|
Rasmiy nomi | Daniya qirolligi | Qozogʻiston Respublikasi |
Gerbi | ||
Bayrogʻi | ||
Hududi | 42,933 km² (16,577 sq mi) | 2,724,900 km² (1,052,100 sq mi) |
Aholisi | 5,837,213 | 18,448,600 |
Aholi zichligi | 137.65km² (633/sq mi) | 7/km2 (18.1/sq mi) |
Poytaxti | Kopengagen | Nur-Sulton |
Eng katta metropolitan hududi | Kopengagen (794,128) | Almati 2,039,376 |
Boshqaruv shakli | Unitar Parlament Konstitutsion Monarxiya | Unitar Prezidentlik Respublikasi |
Hozirgi rahbar | Margrethe II | Qosim-Joʻmart Toqayev |
Rasmiy tillari | Dan tili | Qozoq |
Siyosiy aloqalar
tahrir2000-yilda Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Daniyaga rasmiy tashrifi vaqtida qirolicha Margrethe II va Bosh vazir Poul Nyrup Rasmussen bilan uchrashishi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga muhim turtki boʻldi[2]. 2010-yil 9-iyunda Qozogʻiston davlat kotibi va tashqi ishlar vaziri Kanat Saudabayev Daniya bosh vazirining oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri Lene Espersen bilan suhbatlashish uchun Daniyaga tashrif buyurgan[4].
Savdo
tahrir1993-yildan 2003-yilgacha Daniya Qozogʻiston iqtisodiyotiga taxminan 1,7 million dollar sarmoya kiritgan. 2004-yildan 2008-yilgacha Daniyaning Qozogʻistonga eksporti 253 milliondan 488 million Daniya kronasiga koʻtarildi. Ammo 2009-yilda savdo pasaydi va 297 million Daniya kronasini tashkil etdi. Daniya importi 2009-yilda 247 million Daniya kronasi edi[5]. Qozogʻiston Daniyaga mineral mahsulotlar, kimyo sanoati, avtomobillar va oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini eksport qiladi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Embassy of Kazakhstan in United Kingdom“. 2014-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2011-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Bilateral relations between Denmark and Kazakhstan“. Foreign Ministry of Kazakhstan. 27-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2011-yil.(Wayback Machine saytida 2011-07-27 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Denmark sets up trade office, Belgium to open embassy in Kazakhstan“ (18-mart 2005-yil). Qaraldi: 2011-yil 22-yanvar. „This Danish trade office is the first in Central Asia. Kazakhstan is a very interesting market for us because its economy is developing rapidly...“.
- ↑ „Commitments to Copenhagen Document Confirmed 20 Years Afterward“. Organization for Security and Co-operation in Europe (12-iyun 2010-yil). 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2011-yil.
- ↑ „Country facts Kazakhstan“ (da). Ministry of Foreign Affairs of Denmark. Qaraldi: 28-iyun 2011-yil.[sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]