Daniya qirolligi (Fabergé tuxumi)
Daniya qirolligi tuxumi (shuningdek, Daniya yubiley tuxumi sifatida ham tanilgan) 1903-yilda rus zargari Peter Carl Fabergé nazorati ostidagi ustaxonada Rossiya podshosi Nikolay II uchun tayyorlangan marvaridli sirlangan Pasxa tuxumidir. Rossiya podshosi Nikolay II Daniya qirolligi tuxumini onasi Maria Feodorovnaga sovgʻa qilgan[1].Daniya qirolligi tuxumi hozirda yoʻqolgan oltita Fabergé tuxumidan biri hisoblanadi. 1909-yilgi Aleksandr III esdaliklari tuxumi va Daniya qirolligi tuxumlarining mavjudligi faqat bitta fotosuratdan maʼlum[2].
Daniya qirolligi Fabergé tuxumi | |
---|---|
Yetkazib berilgan yil | 1903 |
Mijoz | Nikolay II |
Qabul qiluvchi | Maria Feodorovna |
Amaldagi egasi | |
Individual yoki muassasa | - |
Sotib olish yili | - |
Dizayn va materiallari | |
Ish ustasi | Michael Perkhin |
Foydalanilgan materiallar | Oltin, emal, olmos |
Boʻyi | - |
Eni | - |
Oʻziga xos xususiyati | Daniya qiroli Christian IX va raqfiqasi Louiselarning portret miniatyurasi |
Oʻziga xos xususiyati
tahrirDaniya qirolligi tuxumida Daniya qiroli Christian IX va uning rafiqasi Louise va Dowager qirolichasi Maria Feodorovna ota-onasining miniatyura portretlari mavjud[3].
Tarixi
tahrirDaniya qirolligi tuxumi 1934-yil iyun oyida „The Connoisseur“ jurnalida chop etilgan tavsifdan maʼlum: „Marhum Daniya qiroli va uning qirolichasining miniatyuralari imperator tuxumidagi kutilmagan xususiyat sifatida tasvirlangan. Tashqi yuzasi och koʻk va oq emalda, oltin va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Tepasida Daniya qirollik oilasining qurol-yarogʻlari joylashgan va uni Daniya geraldik sherlari qoʻriqlab turadi.“Daniya qirolligi tuxumining balandligi 9 dyuymdan (229 mm) oshgan eng katta Fabergé tuxumlaridan biri hisoblanadi[4]. Tuxum Daniyaning qadimiy Fil ordeni ramzi bilan tojlantirilgan. 1903-yilda Daniyada Dowager malikasi sifatida tugʻilgan qirolicha Maria Feodorovna otasining taxtga oʻtirganining 40 yilligi munosabati bilan Daniyaga qaytib keldi[5]. Daniya qirolligi tuxumi ushbu voqeani xotirlash va ayni paytda qirolicha Louisening oʻlimini xotirlash uchun tayyorlangan edi[1]. Nikolay II Kopengagendagi onasiga quyidagi soʻzlarni yozdi: „sizga Fabergé Pasxa sovgʻasini yuboryapman. Umid qilamanki, u xavfsiz yetib boradi.“
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Mieks Fabergé Eggs“. Wintraecken.nl (2018-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 24-noyabr.
- ↑ Krivoshey, Dmitry; Nicholson, Nicholas B. A.; Skurlov, Valentin (2017). Fabergé: The Imperial "Empire" Egg of 1902. New York: Academia.edu. https://www.academia.edu/38098288. Qaraldi: 2019-11-24.Daniya qirolligi (Fabergé tuxumi)]]
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. Wintraecken.nl (2018-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 24-noyabr.„Mieks Fabergé Eggs“. Wintraecken.nl. 2018-01-23. Retrieved 2019-11-24.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. Wintraecken.nl (2018-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 24-noyabr.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. Wintraecken.nl (2018-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 24-noyabr.