Darband – Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga qarashli qishloq. Qishloq aholisi asosan chorvachilik, dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanadi. Darbandda uchta dara boʻlib, ular Darband darasi, Darband koneni, uchinchisi esa Buzrukdara, yaʼni buyuk dara deb ataladi.

Darband
qishloq
38°12′0″N 67°12′0″E / 38.20000°N 67.20000°E / 38.20000; 67.20000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Boysun tumani
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Avtomobil kodi 75
Darband xaritada
Darband
Darband

Etimologiyasi

tahrir

Darband soʻzi forschadan olingan boʻlib, „dar“ – „eshik“, „dara“; „band“ – „mustahkam“, „berk“, „toʻsiq“ degan maʼnolarni anglatadi. Qishloq bir necha yuz yillik tarixga ega boʻlib, eskidan tranzit vazifasini bajargan. Qishloq orqali oʻtgan yoʻl Buxoro amirligi davrida amirlikning gʻarbiy qismini sharqiy qismi bilan bogʻlovchi eng yaqin yoʻl hisoblangan. 1929-yilda Termizga temiryoʻl yotqizilganidan soʻng qishloq hududidan oʻtgan yoʻl oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. Lekin hozirgi kunga qadar ham ushbu yoʻl Qashqadaryo va Surxondaryoni bogʻlovchi yoʻllardan biri[1].

Manbalar

tahrir