Darvoz tizmasiPomirnkng gʻarbiy qismidagi tizma. Obixingov, Panj va Vanch (Panj havzasi) daryolari oraligʻida. Shim.-sharkdan jan.-gʻarbga 200 km choʻzilgan, shim.-sharkda Fanlar akademiyasi tizmasiga tutash. D. t. paleozoy va mezozoyning ohaktosh, qumtosh, gilli slanets, konglomerat, shuningdek, kristalli slanets va granitlaridan tarkib topgan. Tizmaning sharqiy qismi baland (6083 m), tepalarida muzlik koʻp. Muzliklarning umumiy mayd. 420 km², ayrim muzliklarning uz. 12—15 km. Tizmaning gʻarbiy qismi past (3000—3700 m) boʻlib, yon bagʻirlarida dasht oʻsimliklaridan shoʻra-shuvoq, chalovshuvoq-betaga, ayrim joylarda daraxt va butalar oʻsadi. Shim. yon bagʻirlarida zarangzor, yongʻoqzor, jan. yon bagirlarida archazor, bodomzorlar bor. 3500—3700 m dan yuqorida subalp va alp oʻtloqlari uchraydi. 4200—4500 m dan yuqori qismlari doimiy qor va muzliklar bilan qoplanib yotadi. Bu yerlarda arhar va burama shoxli takalar yashaydi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil