Vanj
Vanj — (tojikcha: Ванҷ, ruscha: Ванч Vanch) Tojikiston Respublikasi Togli Badaxshon muxtor viloyatidagi daryo. Panj daryosining oʻng irmogʻi hisoblandi. Daryoning uzunligi 103 kilometr (64 mi) va havzasi maydoni esa 2,070 square kilometre (800 kv mi) ni tashkil qiladi[1]. Vanj, Yazgʻulom va Fanlar Akademiyasi tizmalaridagi doimiy qor va muzliklardan boshlanadi. Ikki irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi: ulardan chap irmoq Vanj tizmasining shimoliy yon bagʻrida 5500 m balandliqdagi muzlikdan, oʻng irmoq Fanlar Akademiyasi tizmasi gʻarbiy yon bagʻridagi muzligidan boshlanadi. Gʻarbiy Pomir togʻlari, Vanj va Darvoz tizmalari orasidan oqib oʻtadi. Vanjga Vanj va Darvoz tizmalaridan ham juda koʻp sersuv soylar keladi. Vanj daryosi 5—6 oy toʻlib oqadi, eng koʻp suv sarfi iyul—avgust, eng kam suv sarfi qish oylariga toʻgʻri keladi. Oʻrtacha suv sarfi 50 m³/sek. Vanjda GES qurilgan.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- "Tajikistan 2002: Vital Maps and Graphics on Climate Change" (Wayback Machine saytida 2006-05-01 sanasida arxivlangan). Tajikistan Met Service. Retrieved August 18, 2005.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil