Dastur Nasafiy (arabcha: دستور نسفي — Dastur Nasafiy — Toʻliq ismi: Dastur Nasafiy (Nodir) (vafoti taxminan 1690/91-yillar)) — Shoir.

Dastur Nasafiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi shoir

Hayoti

tahrir

Dastur Nasafiy ayrim sheʼrlarida Ogoh taxallusini qo‘llagan. Dastlabki maʼlumotni ona shahri Nasafda olgan. So‘ngra Buxoroda ilm olib, shu yerda yashab qolgan. Uning fazlu kamolini eshitgan Abdulazizxon (1645-80-yillar) uni o‘z saroyiga taklif etgan. U saroyda katta obro‘ va mavqega erishgan. G‘azallari va qasidalari bilan shuhrat qozongan. Ammo Subhonqulixon davrida (1680-1702-yillar) mamlakatda ro‘y bergan iqtisodiy va madaniy hayot tanazzuli tufayli ko‘pgina boshqa shoirlar qatori u ham saroydan ketishga majbur bo‘lgan. Abdulazizxonga hamrohlik qilib Makka ziyoratiga borgan. U yerdan Hindistonga kelib, Avrangzeb (1658-1707-yillar) saroyiga xizmatga kirgan. Avrangzeb uning bilimi va qobilyatini yuksak qadrlagan. Oradan ko‘p o‘tmay Kobul shahri qozisi etib tayinlangan. Ammo bir yildan so‘ng, yana markazga chaqirib olingan. U umrining oxirlarida ona yurtiga qaytib, Beshkent shahrida yashagan va shu yerda vafot etgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 461.