David Bowie
David Bowie (talaffuzi: Devid Boui;[2] asl ismi David Robert Jones; 8-yanvar 1947 — 10-yanvar 2016)[3] ingliz qoʻshiqchi, shoir, produser, musiqachi, rassom va aktyor boʻlgan. Bowie qirq yildan oshiq vaqt mobaynida, ayniqsa 1970-yillardagi innovatstion ishlari tufayli pop musiqaning ahamiyatli yulduzlaridan biri boʻlgan. 1970—1980-yillardagi androgin qiyofasi bilan ajralib chiqqan.[4][5]
David Bowie | |
---|---|
Bowie Heathen Tour konsertida, avgust 2002 | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
David Robert Jones 8-yanvar 1947-yil |
Vafoti |
10-yanvar 2016-yil (69 yoshda) |
Janrlar | |
Faoliyat yillari | 1962–2016 |
Fuqaroligi | Buyuk Britaniya |
Turmush oʻrtogʻi | Angela Bowie va Iman (model)[1] |
Amplua | qoʻshiqchi, shoir, aktyor, artist |
Veb-sayt | davidbowie.com |
Bowiening birinchi hit ashulasi, „Space Oddity“, 1969-yil iyulida Birlashgan Qirollik singllar chartida yuqori beshlikka kirdi. Uch yillik tajribalaridan soʻng, 1972-yilda, glem-rok davrida u Ziggy Stardust taxallusli yorqin, androgin alter egosi bilan qayta paydo boʻlib, The Rise and Fall of Ziggy Stardust and the Spiders from Mars albomi va undagi „Starman“ nomli hit qoʻshigʻini havola qildi. Bowiening taʼsiri, uning biografi David Buckley taʼkid etganidek, „zamonasining rock musiqasi negizlarini rad etgan“ va „ommaviy madaniyatda ehtimol eng katta kult yaratgan“.[6] Nisbatan kam yashagan Ziggy shaxsi ijodning kashfiyot, musiqiy yangilik va vizual taqdimot bilan xarakterlangan bir tomoni boʻlib qoldi.
1975-yilda Bowie „plastik soul“ deb atagan „Fame“ ashulasi va Young Americans albomi bilan Amerikada shuhrat qozondi. Bu albom keskin oʻzgargan stili bilan avvaliga britan muxlislarga yoqmadi. Keyin u Brian Eno bilan birgalikda Low elektron musiqali albomini chiqardi. Low (1977), Heroes (1977) va Lodger (1979) — yoki „Berlin trilogiyasi“ albomlari — esa xush qarshilanib, Birlashgan Qirollik musiqa chartlarida yuqori beshtalikka kirdi. 1980-yillarda Bowie „Ashes to Ashes“ hit singli va Scary Monsters (And Super Creeps) albomini chiqardi, shuningdek Queen guruhi bilan „Under Pressure“ (1981) ashulasini chiqardi. 1983-yilda Letʼs Dance bilan tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. 1990—2000-yillarda Bowie musiqa stillari bilan tajriba qilishda davom etdi. 2003—2004-yillardagi Reality Tour gastrolidan keyin faqat 2006-yilda xayriya konsertida jonli ijro qildi. 2016-yil 8-yanvarida, 69 yoshga toʻlgan kuni Blackstar nomli oxirgi albomini chiqardi, ikki kundan keyin saratondan vafot etdi.
David Buckley Bowie haqida shunday yozgan: „Uning taʼsiri ommaviy madaniyatda yagonadir — boshqa har qanday taqqoslanadigan shaxslardan koʻproq hayotlarni yoʻgʻridi va oʻzgartirdi.“[6] BBC 2002-yilda oʻtkazgan Eng buyuk 100 britaniyalik soʻrovida Bowie 29-oʻrinni oldi. Ijodi davomida u 140 million atrofida musiqa yozuvi sotgan.[7] Birlashgan Qirollikda Bowie toʻqqiz platina, oʻn bir oltin va sakkiz kumush, Qoʻshma Shtatlarda esa besh platina va yettita oltin sertifikat olgan. 2004-yilda Rolling Stone jurnali uni „Eng buyuk 100 artist“ roʻyxatida 29-oʻringa qoʻydi. 1996-yilda Bowie Rock and Roll Hall of Fame shuhratlar zaliga qabul qilindi.
2016-yil 10-yanvarida Bowie saraton kasalligan vafot etdi. Bu tashxis unga oʻn sakkiz oy oldin qoʻyilgan edi.[8][9][10][11][12][13]
Diskografiya
tahrirStudiyaviy albomlari
- David Bowie (1967)
- David Bowie (also released as Space Oddity) (1969)
- The Man Who Sold the World (1970)
- Hunky Dory (1971)
- The Rise and Fall of Ziggy Stardust and the Spiders from Mars (1972)
- Aladdin Sane (1973)
- Pin Ups (1973)
- Diamond Dogs (1974)
- Young Americans (1975)
- Station to Station (1976)
- Low (1977)
- "Heroes" (1977)
- Lodger (1979)
- Scary Monsters (And Super Creeps) (1980)
- Letʼs Dance (1983)
- Tonight (1984)
- Never Let Me Down (1987)
- Tin Machine (1989)
- Tin Machine II (1991)
- Black Tie White Noise (1992)
- The Buddha of Suburbia (1993)
- Outside (1995)
- Earthling (1997)
- 'Hours...' (1999)
- Heathen (2002)
- Reality (2003)
- The Next Day (2013)
- Blackstar (2016)
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ „How to say: Bowie“. BBC (8-yanvar 2008-yil). Qaraldi: 16-sentabr 2010-yil.
- ↑ Barnes, Mike „Legendary Artist David Bowie Dies at 69“. The Hollywood Reporter (10-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2016-yil.
- ↑ „Street Style Before Street Style: David Bowie“. Oyster Magazine (15-sentabr 2012-yil). 2016-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentabr 2014-yil. (Wayback Machine saytida 2016-01-13 sanasida arxivlangan)
- ↑ Poague, Leland; Parsons, Kathy A.. Susan Sontag: An Annotated Bibliography 1948–1992. Routledge, 2003 — 133-bet. ISBN 9-781-135575359.
- ↑ 6,0 6,1 Buckley (2005): pp. 516-17, 524, 529
- ↑ „Sixty-six facts about David Bowie“. BBC (8-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2016-yil.
- ↑ „Music legend David Bowie dies“. BBC News. Qaraldi: 11-yanvar 2016-yil.
- ↑ „David Bowie, the Legendary Musician, Has Died at 69“ (11-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2016-yil.
- ↑ Music, Guardian „David Bowie dies at the age of 69“. the Guardian. Qaraldi: 11-yanvar 2016-yil.
- ↑ „David Bowie dies after 18-month battle with cancer“ (11-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2016-yil.
- ↑ „Дэвид Боуи оламдан ўтди“. 2016-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2016.
- ↑ „Afsonaviy britaniyalik musiqachi Devid Boui vafot etdi“. 2022-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2016.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti
- Rasmiy YouTube kanali
- David Bowie IMDbda
- Rolling Stone jurnalining tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar roʻyxati
Vikiomborda David Bowie haqida turkum mavjud |