David Packard

Amerikalik elektrotexnika muhandisi, biznesmen va xayriyachi

Devid Pakkard (/ˈpækərd/ PAK-ərd ; 1912-yil 7-sentyabr – 1996-yil 26-mart) – amerikalik elektrotexnika muhandisi. 1939-yilda Bill Hewlett bilan birga Hewlett-Packard kompaniyasiga asos solgan. 1947–1964-yillarda kompaniya prezidenti, 1964–1968-yillarda bosh direktor boʻlib ishlagan. 1969-yildan 1971-yilgacha Nikson maʼmuriyati davrida AQSh mudofaa vaziri oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Packard 1976-yildan 1981-yilgacha Uniformed Services University (USU) prezidenti va 1973-yildan 1982-yilgacha uning vasiylar kengashi raisi boʻlib ishlagan[1]. U uch tomonlama komissiya aʼzosi edi. Packard 1988-yilda Prezidentning Ozodlik medali sohibi boʻlgan va koʻplab texnologik yangiliklar, xayriya ishlari bilan tanilgan.

Devid Pakkard
David Packard
Tavalludi
David Packard

7-sentyabr 1912-yil
Vafoti 26-mart 1996-yil(1996-03-26)
(83 yoshda)
Kaliforniya, AQSH
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Bolalari Woodley Packard
Otasi Sperry Packard

Hayoti

tahrir

Packard Kolorado shtatining Pueblo shahrida Ella Graber va Sperry Sidni Pakkardning oilasida tugʻilgan[2][3]. Centennial High School maktabida oʻqigan. Muhandislik va sportga qiziqqan[4]. Packard 1934-yilda Stenford universitetida bakalavr darajasini oldi[5]. Stenfordda uning hayoti uchun muhim boʻlgan ikki kishi bilan tanishdi: Lyusil Salter va Bill Xyulett[6]. Packard Nyu-Yorkning Schenectady shahridagi General Electric kompaniyasida lavozimni egalladi. 1938-yilda Stenfordga qaytib keldi va oʻsha yilning oxirida elektrotexnika boʻyicha magistrlik darajasini oldi[6]. Xuddi shu yili Lucile Salterga uylandi. Toʻrt farzandi bor: Devid, Nensi, Syuzan va Juli. Lucile Packard 1987-yilda 72 yoshda vafot etdi[7].

1939-yilda Packard va Hewlett ustaxonada Hewlett-Packard (HP) shirkatini 538 AQSh dollari miqdoridagi kapital (hozirgi hisobda 11000 dollardan ziyod) qoʻyish bilan tashkil etdilar[8][9]. Packard oʻzining „Way of HP“ kitobida Hewlett-Packard nomi tangani aylantirish orqali aniqlanganligini eslatib oʻtadi: PH emas, balki HP[8][10]. Ularning birinchi mahsuloti audio chastotali qurilma edi, ulardan 8 tasi sinash uchun Walt Disney Studiosga sotilgan[8].

Kompaniya elektron sinov va oʻlchash asboblari boʻyicha dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchiga aylandi[11]. Kalkulyatorlar, kompyuterlar, lazer va siyohli printerlarning yirik ishlab chiqaruvchisiga aylandi[12][13].

HP 1947-yilda tashkil etilgan, Packard uning birinchi prezidenti boʻlib, 1964-yilgacha bu mansabda ishlagan. Keyin 1968-yilgacha ushbu lavozimlarni egallab, bosh ijrochi direktor va boshqaruv raisi etib saylandi[14]. Packard 1969-yilda HPni tark etib, 1971-yilgacha Nikson maʼmuriyatida xizmat qildi. HPga qaytib, 1972-yildan 1993-yilgacha boshqaruv kengashi raisi etib qayta saylandi[15]. 1991-yilda Packard HP kompaniyasida qayta tashkil etishni nazorat qildi. 1993-yilda HPdan nafaqaga chiqdi. 1996-yilda vafot etganida Packardning kompaniyadagi ulushi 1 milliard dollardan ortiqroq edi[16].

Packard HP uskunalari aparteid avj olgan Janubiy Afrikaga eksport qilinganligi uchun tanqid nishoniga aylandi. 1980-yilda HP kompaniyasining Yoxannesburgdagi bosh qarorgohiga poydevor qoʻyish marosimiga raislik qildi[17]. Nebraska AQShning Janubiy Afrikadagi sarmoyalaridan voz kechgan birinchi shtat hukumati boʻlganida, Packard „Janubiy Afrikadan koʻra Nebraskadagi biznesimni yoʻqotishni afzal koʻraman“ degandi[18].

Packardning koʻrsatmasiga koʻra, „HP.com“ domen nomi 1986-yil 3-martda roʻyxatga olingan va eng birinchi roʻyxatdan oʻtgan domenlardan biri edi[19][20][21].

1969-yilda prezident Richard Nikson lavozimga kirishgach, Packardni Amerika Qoʻshma Shtatlari Mudofaa vazirining oʻrinbosari etib tayinladi[22]. Packard 1971-yil dekabr oyida isteʼfoga chiqdi [23] va 1972-yilda Hewlett-Packardga boshqaruv kengashi raisi sifatida qaytdi[24][25].

Mudofaa vazirligida xizmat qilayotganda biznesda qoʻllaniladigan resurslarni boshqarish tushunchalarini harbiylarga olib keldi. Mudofaa tizimlarini boshqarish kollejini tashkil etdi[26]. 1970-yilda Packard memorandum chiqardi. Unda kamchiliklarni bartaraf etish uchun moʻljallangan bir qator yirik islohotlar nazarda tutilgan[27]. Asosiy islohot kamdan-kam holatlardan tashqari Robert MakNamaraning umumiy paketli xaridlarini bekor qilish edi[27].

Manbalar

tahrir
  1. „Uniformed Services University“. www.usuhs.edu. 2021-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-yanvar.
  2. „Packard Foundation and Caring for Colorado Foundation announce the Sperry S. And Ella Graber Packard Fund for Pueblo“ (2019-yil 10-aprel).
  3. „The family tree of David Packard, co-founder of Hewlett-Packard (HP)“. Packed with Packards! (2018-yil 8-iyun). Qaraldi: 2019-yil 27-oktyabr.
  4. „Official biography at Monterey Bay Aquarium Research Institute“. Monterey Bay Aquarium Research Institute. 2008-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-sentyabr.
  5. IEEE. „IEEE-David Packard, 1912-1996“. IEEE History Center (1973). Qaraldi: 2009-yil 3-sentyabr.
  6. 6,0 6,1 „David Packard, 1912-1996“. 2007-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-sentyabr.
  7. „Lucile S. Packard, 72, Silicon Valley Philanthropist, Dies“ (en-US). Los Angeles Times (1987-yil 1-iyun). Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
  8. 8,0 8,1 8,2 „David Packard, 1912-1996“. 2007-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-sentyabr.
  9. „Official biography at Monterey Bay Aquarium Research Institute“. Monterey Bay Aquarium Research Institute. 2008-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-sentyabr.
  10. Packard, David. HP Way: How Bill Hewlett and I Built Our Company. Collins, 1995. ISBN 0-88730-817-1. 
  11. Liker, Director of the Value Chain Analysis Program and the Japan Management Program Jeffrey K.. Remade in America: Transplanting and Transforming Japanese Management Systems (en). Oxford University Press, 1999. ISBN 9780195118155. 
  12. „David Packard, 1912-1996“. 2007-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-sentyabr.
  13. Vance, Ashlee; Wortham, Jenna. „Hewlett-Packard Agrees to Buy Palm“ (en-US). The New York Times (2010-yil 28-aprel). Qaraldi: 2019-yil 4-aprel.
  14. „David Packard (1912-1996), Co-founder“. Former Executive Bios. Hewlett-Packard. Qaraldi: 2008-yil 20-sentyabr.
  15. Fisher, Lawrence M.. „David Packard, 83, Pioneer Of Silicon Valley, Is Dead“ (en-US). The New York Times (1996-yil 27-mart). Qaraldi: 2019-yil 4-aprel.
  16. „The Top 5 Co-Founding Partnerships and Their Stories“ (en-US). CEO Today. Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.
  17. American Friends Service Committee. Automating Apartheid: U.S. Computer Exports to South Africa and the Arms Embargo. NARMIC/American Friends Service Committee, 1982 — 75-bet. ISBN 9780910082006. 
  18. Knight, Richard „Sanctions, Disinvestment, and U.S. Corporations in South Africa“, . Sanctioning Apartheid. Africa World Press, 1990. 
  19. „David Packard | The Philanthropy Hall of Fame | The Philanthropy Roundtable“ (en). Qaraldi: 2017-yil 21-fevral.
  20. „hp.com Whois record“. Whois.com.
  21. „The Internet's 100 Oldest Dot-Com Domains“ (en). PCWorld. Qaraldi: 2023-yil 16-mart.
  22. „David Packard, 1912-1996“. 2007-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-sentyabr.
  23. „Nixon Letter Accepting the Resignation of David Packard as Deputy Secretary of Defense & Packard's resignation letter“. The American Presidency Project. Published by John T. Woolley and Gerhard Peters [online]. Santa Barbara, CA: University of California (hosted), Gerhard Peters (database) (1971-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 27-mart.
  24. „1971“. The Public Papers of President Richard Nixon. — „Letter Accepting the Resignation of David Packard as Deputy Secretary of Defense. December 11, 1971“. 2008-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-sentyabr.
  25. Fisher, Lawrence M.. „David Packard, 83, Pioneer Of Silicon Valley, Is Dead“ (en-US). The New York Times (1996-yil 27-mart). Qaraldi: 2019-yil 4-aprel.
  26. „1982 Sylvanus Thayer Award to David Packard“. Association of Graduates of the United States Military Academy. 2011-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 10-oktyabr.
  27. 27,0 27,1 Brown, Shannon A.. Providing the Means of War: Historical Perspectives on Defense Acquisition. US Army Center of Military History and Industrial College of the Armed Forces, 2005 — 145–146-bet. ISBN 9780160876219. Qaraldi: 2016-yil 4-yanvar. 

Havolalar

tahrir