Davron Toshev
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. |
Davron Toshev- Buxorolik miniatyurachi rassom. "Hunarmand" uyushmasi a'zosi (2000), "Markaziy Osiyo hunarmandlari" festivali qatnashchisi (2001-2003), "Shuhrat" medali sohibi (2005), O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi (2006).
Tarjimai holi
tahrir1970-yil 5-yanvarda Boxoro viloyatida tug'ilgan. 5-hunar-texnika bilim yurtini tugatgan (1985-1989), Buxoro davlat universiteti badiiy grafika bo'limi (2004-2007) Toshkent shahridagi "Sanoi nafis" ijodiy guruhi ustalari shogirdi (1992-1994), Kogon shahridagi "Me'mor" kichik korxonasi bosh rassomi (1994-1997), Buxoro shahar ixtisoslahtirilgan san'at maktabi o'qituvchisi (1997- 2010), "Hunarmand uyushmasi a'zosi (2000), "Markaziy Osiyo hunarmandlari" festivali qatnashchisi Qozog'ston (2001-2003), "O'zbekiston miniatyurasi" ko'rgazmasi qatnashchisi Fransiya (2005), O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi (2006), "Aquarelles" ko'rgazmasi qatnashchisi Fransiya (2011), "Usta davron" (BUXORO IPAK QOGOZ, ООО) miniatyura va tabiiy Buxoro qog'ozi ishlab chiqish maktabi asoschisi (2018).
Ijodi
tahrir200 dan ortiq ijod namunalari mavjud. Buxoro miniatyura maktabi rivojiga alohida hissasini qo'shgan, nafaqat O'zbekiston, xorijda ham hamkasblari va miniatyura san'ati muxlislariga yaxshi tanish. Musavvir Sharq miniatyura san'atining ham badiiy, ham poetik usullarini mahorat bilan uyg'unlashtirgan.
"Marché d'Art de Noël" ko'rgazmasi qatnashchisi Fransiya (2006), shahsiy ko'rgazma, Bryussel shahri (Belgiya-2006), shahsiy ko'rgazma, Lion shahri (Fransiya-2007), shahsiy ko'rgazma, Grenoble shahri (Fransiya-2008), shahsiy ko'rgazma, (Fransiya-2009), shahsiy ko'rgazma, Kamoliddin Behzod nomidagi memorial-bog' muzeyi (Toshkent-2012).
Rassom Buxoro miniatyura dunyosiga shu qadar chuqur kirib borganki, uning asarlari personajlar mukammalligi, chiziqlarning nozikligi bilan ajralib turadi. Davron Toshev zamonaviy o'zbek miniatyura san'atida birinchi yo'nalishga mansubdir.Hozirgi kunda rassomning 100 dan ziyod shogirtlari mavjud.
Mukofot va unvonlari
tahrir- 1997-yil Buxoro davlat universiteti bakalavr bitiruvchisi
- 2005-yil "Shuhrat" medali sohibi
Suratlar mavzusi
tahrir- "Bahrom qora qasrda"
- "Sevishganlar bog'i"
- "Oshiq musavvir"
- "Shohona ov"
- "Shoh va cho'pon"
- "Bog'da bazm"
- "Bazm"
- "Hamsa"
- "Shohnoma"
- "Darvesh"
- "Karvon"
Manbalar
tahrir- ustadavron.uz[1] saytidan.
- https://madeinuzbekistan.ru/ saytidan
Turkum: Buxoroda tug'ilgan| 1970- yil tug'ilgan| 5-yanvarda tug'ilgan| rassmom| miniatyurist