Demet Mutlu
Demet Mutlu
tahrirMutlu Demet Turkiyalik tadbirkor,elektron tijorat olamida faoliyat ko'rsatgan ,Trendyol kompaniyasi asoschisi va boshlig'i.U "Peak Games" sarmoyadorlari va asoschilari orasidan joy olganlar qatoridandir.Mutlu Demet 2010-yilda Garvarddagi o'qishini yarmidan tashlab ketdi va Trendyol kompaniyasiga asos soladi.
Ta'lim va martaba
tahrirDemet Mutlu Nyu-York Universitetining iqtisod fakultetini birinchi o'rin bilan bitirdi.Shveysariya, Yaponiya, AQSH va Turkiyada moliya, marketing va biznesni rivojlantirish sohalarida ishlagan ,Mutlu keyinchalik Garvard universitetida magistrlik darajasini boshlagan.Turkiyaga qilgan safari chogʻida elektron tijoratda, ayniqsa kiyim-kechak sohasida boʻshliq borligini koʻrgan Demet Mutlu, taʼlimning ikkinchi yilida “Trendyol”ni tashkil qilish uchun Garvardni tark etdi va 2010-yilda “Trendyol”ga asos soldi.Trendyolni Yevropadagi iste'molchilarga ulashish uchun muhim qadam tashlab, en.trendyol.com veb-saytini Yevropadagi 27 ta mamlakat foydalanuvchilari xizmatiga ochdi.Trendyol mahalliy ishlab chiqaruvchilar va brendlarning dunyoda mashhur bo'lishini oshirish bilan birga, Turk brendining kuchayishiga hissa qo'shadi.Mijozlarning talablaridan kelib chiqib, Trendyol Express, Trendyol Fast Market and Food, Trendyol Wallet va Gardrop kabi yangi tarmoqlarini ishga tushirmoqda.
Yutuqlari
tahrir2011-yilda u AQShning "Fortune" jurnali tomonidan “Dunyoning eng yaxshi 10 nafar tadbirkor ayoli” qatoriga kiritilgan.
U 2011 yilda Jahon Iqtisodiy Forumi tomonidan "Global Shaper" sifatida tanlangan va Turkiyadagi Global Shapers tashkilotining ta'sischi a'zosi bo'lgan va 2012 yilda Davos sammitida ishtirok etgan.
U 2013-yilda "Business of fashion" tomonidan tayyorlangan, bugungi moda olamini shakllantiradigan 500 ta nomni o'z ichiga olgan BOF 500 ro'yxatidagi yagona turk edi.
2016-yilda u Jahon Iqtisodiy Forumi tomonidan tashkil etilgan “Yosh global liderlar” ro‘yxatida Turkiyadan ko‘rsatilgan va tanlangan yagona yetakchi bo‘ldi. Trendyol "dunyodagi eng eksklyuziv xususiy ijtimoiy tarmoq" sifatida ta'riflangan.
2016 yilda u" The Hundert va Forbes" jurnallari tomonidan yevropalik tadbirkor ayollar uchun namuna sifatida tilga olingan.
2017-yilda u dunyoga mashhur turmush tarzi platformasi Refinery29ning “Inspiring Women” loyihasining Turkiya vakili bo‘ldi.
2019-yilda u" Economist"jurnali tomonidan yilning eng yaxshi ishbilarmonlari mukofotlarida “Yil tadbirkor ayoli” sifatida tanlandi.
Trendyol, Demet Mutlu tashabbusi bilan 2021 yilda Turkiyada " Decacorn" unvonini olgan birinchi texnologiya kompaniyasi bo'ldi.