Dengiz yulduzlari
Dengiz yulduzlari (Asteroidea) – dengizda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar, hozirgi ninaterililar tipining sinfi. Tanasining oʻrtasidan chiqqan „qoʻllar“, yaʼni nurlar yulduzni eslatadi. Dengiz yulduzlarida 5, baʼzan 8, 10, 13, 25, 40 ta nur boʻladi. Dengiz yulduzlarining diametri 5–50 sm. Ular suv tubida ambulakral oyoqlari yordamida harakatlanadi. Ogʻiz va anal teshigi deyarli tananing turli qismida joylashadi. Tuxumidan erkin suzib yuruvchi lichinka chiqadi. Tirik tugʻadigan turlari ham bor. Suv osti umurtqasiz hayvonlari va organik moddalar bilan oziqlanadi. 1500 turi maʼlum. Shimol va Uzoq Sharq dengizlarida keng tarqalgan.
Dengiz yulduzlari | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil