Denis Petrov
Denis Alekseyevich Petrov (ruscha: Денис Алексеевич Петров; 1968-yil 3-martda tugʻilgan) — SSR va Rossiya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi. Rafiqasi va sportdagi sherigi Yelena Bechke bilan bilan juftlikda 1992-yilda Albertvilleda oʻtkazilgan Olimpiadaning kumush medali sovrindori boʻlgan[1].
Denis Petrov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat |
Birlashgan jamoa Sovet Ittifoqi |
Tavalludi |
3-mart 1968-yil Leningrad |
Oldingi sheriklari | Yelena Bechke |
Oldingi murabbiylari | Tamara Moskvina |
Oldingi jamoalari | Profsoyuz Leningrad |
Yakunlagan | 1992 |
Faoliyati
tahrirDenis Petrov 1987-yilda Yelena Bechke bilan juftlikda afsonaviy murabbiy Tamara Moskvina qoʻl ostida mashq qila boshladilar. Ularning birinchi yirik muvaffaqiyati Trophée Lalique turnirida oltin medalni qoʻlga kiritganida yuz bergan. Juftlik 1989-yilgi Jahon chempionatida bronza, 1991 va 1992-yilgi Yevropa chempionatlarida va 1992-yilgi Olimpiada oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan[2].
Olimpiadadan soʻng juftlik havaskor sifatidagi sport faoliyatini tark etib, professional sportga oʻtgan. Ular toʻrt marta professionallar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi va faqat 1996-yilda gʻalaba qozondi. Bundan tashqari, Bechke va Petrov juftligi „Stars on Ice“ shousi tufayli Amerika Qoʻshma Shtatlarida (1994-yildan 2000-yilgacha) gastrol safarlarida boʻlishgan[3].
Bechke va Petrov ajrashgandan soʻng sport juftligi sifatidagi faoliyatini davom ettirdilar va birgalikda Virjiniyada figurali uchuvchilarni mashq qildirdilar.
Shaxsiy hayoti
tahrirPetrov 1968-yil 3-martda Leningradda, (Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi) tugʻilgan. U 1988-yilda Yelena Bechke bilan uchrashishni boshlagan va ikkalasi 1990-yilda turmush qurgan, ammo keyinchalik ajrashishgan.
Petrov 2005-yil 8-iyulda xitoylik figurali uchuvchi Chen Luga uylangan, u bilan 1998 — 1999-yillarda „Stars on Ice“ shousida tanishgan[3]. Ular Xitoyning Shenchjen shahriga koʻchib oʻtishdan oldin Gonkongda yashagan[1]. Oilaning oʻgʻli Nikita 2006-yil 27-iyunda va qizi Anastasiya 2009-yil 8-iyulda Shenchjenda dunyoga kelgan.
Dasturlari
tahrir(Bechke bilan)
Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
1991-1992 |
|
|
1990-1991 |
|
|
1989-1990 |
|
|
1988-1989 |
|
|
Natijalari
tahrir(Bechke bilan)
Musobaqa | 1988 | 1989 | 1990 | 1991 | 1992 | 1993 | 1994 | 1995 | 1996 | 1997 | 1998 | 1999 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 2 | |||||||||||
Figurali uchish boʻyicha jahon chempionati | 3 | 4 | 4 | |||||||||
Yevropa chempionati | 2 | 2 | ||||||||||
SSSR chempionati | 4 | 1 | ||||||||||
Trophee Lalique | 1 | 1 | 3 | |||||||||
NHK Trophy | 2 | 1 | ||||||||||
Yaxshi niyat oʻyinlari | 3 | |||||||||||
Professional jahon chempionati | 2 | 2 | 2 | 2 | 1 | 2 |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Vaytsekhovskaya, Elena. „Денис Петров: "В Китае работаю на свою жену"“ (ru). Sport Express (2015-yil 29-mart).
- ↑ Andoza:Cite Sports-Reference
- ↑ 3,0 3,1 „Chen-Petrov Family to Expand“. IFS Magazine (2009-yil 29-aprel). 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan.