Devning uyasi
Devning uyasi (Devning g'ori)
tahrirDevning uyasi, Devning g'ori (Qoraqolpoqchada - Dáwdin uyası). Qoraqalpog'iston Respublikasi Bo‘zatov tumani Qusqanatov tog‘ tizmalaridan birida "Devning uyasi" degan g‘or bor. Bu joy tuman markazidan 15 km masofadagi Qusqanatovning janubida joylashgan. G‘orning uzunligi 8-10 m, eni 1,5-2 m, balandligi esa 4-5 m atrofida.
Bu joy haqida mahalliy aholi o‘rtasida ko‘p vaqtdan beri bir nechta rivoyatlar aytilib keladi. G'orga kirish joyi atrofidan taxminan 3 metr balandlikda joylashgan. G'orga kirgandan so‘ng yo'l burilib, qisqarib boradi va yuqoriga qarab davom etadi. Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda g'orning davomi vaqt o‘tishi bilan yog‘in-sochin va qor taʼsirida buzilib, o‘rni ko‘milib qolgan bo‘lishi mumkin.
-
Devning uyasi (G'orning kirish qismi)