Didar Durdyýew
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Didar Gurbangeldyýewiç Durdyýew
Tavallud sanasi 16-iyul 1993-yil (1993-07-16) (31 yosh)
Tavallud joyi Bolqonobod, Bolqon viloyati Turkmaniston
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ahal
Raqami 11 [1]
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012 Aşgabat
2013–2014 Altyn Asyr
2015 Hazyna
2016 Altyn Asyr
2017 Aşgabat
2018–2019 Ahal
2020 Mashʼal 5 (0)
2021– Ahal
Milliy terma jamoa
2012–2019 [2] Turkmaniston 14 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2023-yil 15-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2023-yil 15-yanvar uchun)

Didar Gurbangeldiyevich Durdyyev (turkmancha: Didar Gurbangeldiýewiç Durdyýew; 1993-yil 16-iyul, Bolqonobod) – Turkmanistonning professional futbolchisi, FC Ahal klubi va Turkmaniston milliy futbol jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi[3].

Biografiya

tahrir

U Ashxobodning Olimp futbol maktabida futboldan taʼlim olgan. Didar shuningdek, Turkmaniston davlat iqtisodiyot va boshqaruv institutida ham taʼlim olgan. Didar Durdyevning otasi Gurbangeldi ham turkmanistonlik sobiq futbolchi, milliy terma jamoada oʻynagan.

Klub faoliyati

tahrir

U oʻz faoliyatini 2012-yilda „Ahal“ futbol klubida boshlagan. Dastlabki masvumining oʻzida Turkmaniston chempionatining uchinchi toʻpurari boʻlgan (14 gol).

2014-yilda „Oltin Asir“ jamoasi bilan Yoqar Ligada oltin medalni qoʻlga kiritgan va musoboqada ikkinchi toʻpurar boʻlgan (26 gol)[4]. 2015-yilning fevral oyida u „Oltin Asir“ jamoasi tarkibidagi soʻnggi oʻyinini OFK kubogida „Al-Saqr“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi[5].

2015-yilning mart oyidan „Xazyna“ klubi shartnoma imzoladi[6].

2020-yil yanvar oyida Durdyev Qozogʻiston birinchi divizioni „Aktobe“ klubida qishki sinov mashgʻulotlarida qatnashdi[7].

2020-yilning mart oyida u Oʻzbekistonning „Mashʼal Muborak“ klubi bilan shartnoma imzoladi[8][9][10]. 2020-yil 7-mart kuni Durdiyev Oʻzbekiston Superligasida „Bunyodkor“ ga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qildi[11]. 2020-yil avgust oyida klubni tark etadi.

2021-yil mart oyida Durdyyev „Ahal“ klubiga qaytdi[12].

Durdyevning Turkmaniston Yokari ligasida masvum davomida 27 ta goli bialn 2022 yilgi chempionat[13] toʻpurari sifatida yakunladi. Buning natijasida Durdyevning jamoasi „Ahal“ klubi tarixda birinchi marta Turkmaniston chempionligini qoʻlga kiritdi[14].

Milliy terma jamoa

tahrir

2013-yilgi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kubogida Turkmaniston U 22 terma jamoasida oʻynagan[15].

Durdiyev 2012-yil OFK Chaqiruv kubogida kattalar terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi. 2014-yilgi OFK Chaqiruv kubogida Laosga qarshi oʻyinda 5:1 hisobida gʻalaba qozongan holda ikkita gol urdi[16].

Yutuqlar

tahrir

Ahal FK

Mamlakat

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Match Report of Ahal FK vs al Gharafa SC - 2022-04-26 - AFC Champions League - Global Sports Archive“.
  2. „Didar Durdyýew (Player)“.
  3. „Нападающий Дидар Дурдыев перешёл в "Ахал" | Спорт“.
  4. „Altyn asyr“ – ýurdumyzyň çempiony
  5. „ALTYN ASYR FC v AL SAQR“. Asian Football Confederation (2015-yil 10-fevral). Qaraldi: 2015-yil 10-fevral.
  6. ihyzmatlary.com. „"Алтын асыр" и "Шагадам" на классе побеждают соперников, а "Мерв" вырывает победу на последних минутах-Спорт-Turkmenportal.com“. turkmenportal.com. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
  7. „Туркменский нападающий на просмотре в Актобе“ (Russian). sports.kz. Sports KZ (2020-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  8. „Федерация Футбола Туркменистана“.[sayt ishlamaydi]
  9. Didar Durdiev pereshel v uzbekskiy „Mashal“
  10. „Дидар Дурдыев перешел в узбекский "Машал" | Спорт“.
  11. „Дидар Дурдыев дебютировал в Суперлиге Узбекистана, выйдя на замену за "Машал" | Спорт“.
  12. Napadayuщiy Didar Durdiev pereshyol v „Axal“
  13. „Дидар Дурдыев стал лучшим бомбардиром чемпионата Туркменистана по футболу в сезоне-2022 | Спорт“.
  14. Didar Durdiev stal luchshim bombardirom chempionata Turkmenistana po futbolu v sezone-2022
  15. „Международный турнир по футболу "Кубок Содружества" / International Football Tournament "Commonwealth Cup" - Turkmenistan“. com-cup.com. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
  16. AFC Challenge Cup: Turkmenistan 5–1 Laos

Havolalar

tahrir