Dilnura Qodirjonova
Dilnura Qodirjonova (1976-yil – 2007-yil 13-sentyabr) – O‘zbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist va maqom ijrochisi[1][2]. „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi[3].
Dilnura Qodirjonova | |
---|---|
Tavalludi |
6-yanvar 1976-yil |
Vafoti |
13-sentyabr 2007-yil (31 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirDilnura Qodirjonova 1976-yil 6-yanvarda Andijon viloyati Izboskan tumani Chuvoma qishlogʻida tavallud topgan. Dilnura Qodirjonova Izboskan tumani 26-maktabda tahsil olgan. Maktab davrida konsert dasturlarda qatnashadi. Rahbari Mahfuzaxon Boymirzayeva tomonidan tashkil etilgan Dutorchi qizlar toʻgaragiga qatnashadi. 1995-yilda Toshkentga koʻchib oʻtadi va Dutorchi qizlar ansamblida ishlay boshlaydi. Oʻzbekiston xalq artistlari Abduhoshim Ismoilov va Zamira Suyunova tomonidan tuzilgan ansamblda qoʻshiqchilik faoliyatini davom ettirdi. Dilnura Qodirjonova Toʻxtasin Jalilov nomidagi bilim yurtida musiqa va ijro sirlarini oʻrganadi. Andijon viloyati Paxtaobod tumanida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Yunus qori Yusupovdan maqomchilik boʻyicha tahsil oladi[1]. 1993-yil 17 yoshida ham qishlogʻiga turmushga chiqadi. 1995—1998-yilda ikki qiz farzandli boʻlgan. 2007-yilda Toshkent davlat konservatoriyasiga magistiraturaga oʻqishga kiradi.
Faoliyati
tahrir1991-yil Tavakkal Qodirov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan tanlovda „Firuz 1“ ashulasini ijro etib mukofotga sazovor boʻldi. 1993-yil Yoshlar tashkiloti tanlovida 1997-yil Xoji Abdurasulov Abdulaziz xotirasiga bagʻishlangan tanlovda 1-oʻrinni qoʻlga kiritadi [4]. 2003-yilda Samarqandda „Sharq taronalari“ xalqaro tanlovida ishtirok etib, xalqaro davlatlardan kelgan sanʼatkorlar bilan bellashadi. Dilnura Qodirjonova „Yor istab“ va „Mustahzod“ ashulasini ijro etib oliy mukofotni qoʻlga kiritadi. Dilnura Qodirjonova „Qurbon oʻlam“ ashulasiga eʼtibor qozongan. 2003-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻlgan[1].
Mukofotlari
tahrirRepertuaridagi Oʻzbek qoʻshiqlari
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Maxmudov, Avazbek. Andijon sanʼati fidoiylari, Toʻldirilgan 2-nashr, Toshkent: Akademnashr, 2018 — 138-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 3-iyun 2023-yil.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Mahmudov, Avazbek. Andijon san'ati fidoiylari, To'ldirilgan 2-nashr, Akademnashr, 2018 — 176-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 3-iyun 2023-yil.
- ↑ „Dilnura Qodirjonova“. https://www.last.fm/music/Dilnura+Qodirjonova/+wiki. Qaraldi: 5-iyun 2023-yil.
- ↑ „O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi“. Kun.Uz. Qaraldi: 5-iyun 2023-yil.
- ↑ Dilnura Qodirjonova Biografiyasi Eri farzandlari oilasi uyi xayoti yoshligi YouTubeda Qaraldi: 5-iyun 2023-yil
- ↑ Dilnura Qodirjonova- Oshiqlarga oʻlim yoʻq YouTubeda Qaraldi: 5-iyun 2023-yil
- ↑ Dilnura Qodirjonovaning eng yaxshi qoʻshigʻi YouTubeda Qaraldi: 5-iyun 2023-yil