Dilorom Karimova (olima)

oʻzbekistonlik olima, kimyo fanlari nomzodi, professor

Dilorom Amonovna Karimova (1968-yil, Qiziltepa tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, kimyo fanlari nomzodi, professor.

Dilorom Amonovna Karimova
Tavalludi 1968-yil
Qiziltepa tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi kimyogar
Sohasi kimyo
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Ilmiy darajasi kimyo fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Dilorom Karimova 1968-yil Qiziltepa tumani Zarmetan qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1990-yilda Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetini tamomlab, kimyo oʻqituvchisi ixtisosligini olgan. 1999-yilda Navoiy davlat konchilik institutini tugatib, muhandis-ekolog ixtisosligini olgan. 1990—1995-yillarda Qiziltepa tumani 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi, 1995—2001-yillarda „Navoiyazot“ ishlab chiqarish birlashmasida smena boshligʻi, texnika xavfsizligi muhandisi, 2001—2004-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti „Kimyoviy texnologiya“ kafedrasida assistent, 2004—2007-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti „Kimyo“ kafedrasi oʻqituvchisi, 2007—2010-yillarda katta oʻqituvchi, 2010—2012-yillarda „Kimyo va ekologiya“ kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi, 2012—2013-yillarda „Kimyo va ekologiya“ kafedrasi dotsenti, 2013—2019-yillarda „Kimyo va ekologiya“ kafedrasi mudiri vazifasida ishlagan. 2019-yildan „Kimyo“ kafedrasi professori[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

2010-yilda „Kompozitsion polimer sorbitlar ishlab chiqarish, undan sanoatning zararli gazlarini tozalashda foydalanish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 300 dan ortiq ilmiy, oʻquv-uslubiy maqola va tezis hamda qoʻllanmalar muallifi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet. 

Andoza:OʻTOE