Dilorom Saidaminova
Dilorom Saidaminova (1943-yil 27-fevral, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik kompozitor[1].
Dilorom Saidaminova | |
---|---|
Tavalludi |
27-fevral 1943-yil |
Kasbi | Kompozitor |
Fuqaroligi | OʻzSSR → Oʻzbekiston |
Hayoti
tahrirDilorom Saidaminova 1943-yil 27-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Dastlab Toshkentdagi “Uspenskiy” nomidagi akademik litseyda, soʻng O‘zbekiston konservatoriyasida musiqa yo‘nalishida tahsil olgan. Keyinchalik “Chaykovskiy” nomidagi Moskva konservatoriyasida aspiranturada oʻqigan. U yerda Edison Denisov, Yuriy Fortunatov, Abraham Litvinov va Boris Zaydman qoʻlida tahsil olgan. Uning Tigran Shiganyan ismli skripkachi oʻgʻli bor[1].
Faoliyati
tahrirDilorom Saidaminova 1967–1985-yillar va 1988–1995-yillarda O‘zbekiston konservatoriyasida fortepianodan dars bergan. 1985–1988-yillarda Oʻzbekiston Davlat telekompaniyasida musiqiy muharrir boʻlib ishlagan. Dilorom Saidaminova Amerika bastakorlar, mualliflar va noshirlar jamiyati (ASCAP), Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi va Rossiya bastakorlar uyushmasi aʼzosi hisoblanadi[2].
Ijodiy faoliyati
tahrirSaidaminova 70 dan ortiq bolalar uchun qoʻshiqlar yaratgan[2].
Yil | Nomi | Izoh |
---|---|---|
Kamer orkestri uchun | ||
Ascending to Light | skripka joʻrnavozligida[3] | |
Dance of the Rain | kamer orkestri uchun[4] | |
Mirage | Xalq cholgʻulari uchun[4] | |
Shadow of the Woman | violonchel va kamer orkestri uchun[4] | |
Smell of the NIght | kamer orkestri uchun[4] | |
Sonata No. 2 | skripka va fortepiano uchun[4] | |
Where There is No Time | klarnet, skripka va fortepiano joʻrnavozligida[5] | |
Orkestr uchun | ||
Amir Temur | orkestr va perkusiya (solo)[4] | |
Fortepiano uchun 2-kontsert | [4] | |
Saksafon uchun konsert | [6] | |
Fanfare | [4] | |
Holiday Overture | [1] | |
In Memory of My Friends | [4] | |
Path to Enlightenment | orkestr va xor uchun[4] | |
Simfonik poema | [7] | |
Fortepiano uchun | ||
Dialog with Khayam | [4] | |
Fortepiano uchun ikki pyesa | [4] | |
Walls of Ancient Bukhara | [4] | |
Vokal uchun | ||
Azon | xor, organ, fortepiano va skripka joʻrligida[6] | |
Saraton | xor (soprano), skripka va anʼanaviy cholgʻular uchun[4] | |
Oʻzbekiston | [1] |
Mukofotlari
tahrir- 1977-yil — Oʻzbekistondagi eng taniqli yosh kompozitor;[3]
- 1983-yil — Toshkentdagi “Bayram uverturasi” tanlovida 1-oʻrin;[1]
- 1991-yil — O‘zbekiston madaniyati va musiqasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun;[3]
- 1998-yil — “By the Sound of Francesca” Germaniya/Avstriya ayollari sanʼat tashkiloti (GEDOK) tanlovida 2-oʻrin;[1]
- 2002-yil — “Open Society Institute/Soros” jamgʻarmasi granti;[1]
- 2002-yil — „Azon“ musiqasi uchun Pitsburgdagi Bax xorining komissiyasi;[6]
- 2021-yil — skripkachi Igor Kalninning “Ascending to Light” musiqasi uchun komissiya[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Dilorom Saidaminova – The Living Composers Project“. composers21.com. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 Saidaminova. „When There is No Time“. verdehr.com (2013).
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Dilorom Saidaminova. "Ascending to Light" for Solo Violin (2021) - world premiere (inglizcha), qaraldi: 2023-09-10
- ↑ 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 4,12 4,13 „Dilorom Saidaminova“. youtube.com. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Commissioned Trios by Verdehr Trio“. verdehr.com. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „Dilorom Saidaminova“. cci.musicaneo.com (2012).
- ↑ Cohen, Aaron I.. International encyclopedia of women composers. 2: Sai - Zyb, Appendices, 2. ed., revised and enl, New York: Books & Music, 1987 — 608-bet. ISBN 978-0-9617485-1-7.