Dilorom Toshmuhamedova
Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova (1962-yil 19-dekabr, Toshkentda tavallud topgan) — oʻzbekistonlik shifokor, siyosatchi, jamoat arbobi. 2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, fan, taʼlim masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari. 2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ markazi direktori. 2007-2015-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri[1]. Tibbiyot fanlari nomzodi.
Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova | |
---|---|
Дилором Ғофуржоновна Тошмуҳамедова | |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri | |
Mansab davri 2007-yil 20-yanvardan – 2015-yil 5-yanvargacha | |
Oʻtmishdoshi | Erkin Halilov |
Vorisi | Nurdinjon Ismoilov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
19-fevral 1962-yil Toshkent viloyati, OʻzSSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirMaʼlumoti boʻyicha shifokor. 1984-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini va 2003-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan[1].
1984-1993-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida turli lavozimlarda ishlagan.
1993-1997-yillarda „Farmed“ xususiy korxonasi direktori.
1997-2002-yillarda Oliy Majlisning xalqaro aloqalar qoʻmitasi aʼzosi.
2002-2007-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xalqaro aloqalar qoʻmitasi raisi.
2007-2015-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri.
2007-yilda prezidentlikka nomzod boʻlgan.
2015-yil 5-yanvar kungi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 1-majlisida uning oʻrnini deputat, Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi Nurdinjon Ismoilov egalladi[2].
2018-yildan 2020-yilgacha — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ markazi direktori.
2020-yil 17-yanvardan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, fan, taʼlim masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari[3]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti parliament.gov.uz | Toshmuhamedova Dilorom Gʻofurjonovna“. 2014-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-noyabr.
- ↑ Parlament Uzbekistana rukovodit Nuriddin Ismoilov, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-13
- ↑ „Dilorom Toshmuhamedova "Oila" markazi direktori lavozimidan ketdi“.