Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati

Oʻzbekiston parlamentining yuqori palatasi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining SenatiOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi[1].

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
Turi qonun chiqaruvchi hokimiyat
Maqomi oliy davlat vakillik organi
Ishga tushgan sanasi 2002-yil 20-yanvar
Joylashuvi Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 6-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Rais Tanzila Norboyeva
Bosh mahkamasi Kengash
Aʼzolari 65 (100 2023-yilgi referendumdan keyin qisqartirilgan) nafar aʼzodan iborat
Vebsayti senat.uz
Til(lar)i Oʻzbek, Rus
Map

Vakolatlari

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasida vakolatlari belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudini saylash;
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;
  4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash;
  5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
  6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
  7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
  9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish;
  10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
  11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
  12. oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
  13. siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.

Tuzilmasi

tahrir

Qoʻmitalari

tahrir
  1. Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi[2]
  2. Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
  3. Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
  4. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
  5. Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi
  6. Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi[3]
  7. Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
  8. Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

Komissiyalari

tahrir
  1. Reglament va odob komissiyasi[4]
  2. Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi

Devoni

tahrir
  1. Tashkiliy — nazorat boʻlimi
  2. Yuridik boshqarma
  3. Axborot-tahlil boshqarmasi
  4. Mahaliy ijro etuvchi xokimiyat, prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etish boʻlimi
  5. Xalqaro aloqalar boʻlimi
  6. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi
  7. Jamoatchilik bilan aloqalar va tahrir boʻlimi
  8. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi
  9. Moddiy-texnika va taʼminot boʻlimi
  10. Moliya, hisob va hisobot boʻlimi[5]

Raislari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi
  2. „Senat qoʻmitalari“. 2019-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-mart.
  3. Senatda yangi qoʻmita tuzildi
  4. „Senat komissiyalari“. 2019-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-mart.
  5. „Senat devoni“. 2019-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-mart.