Dimitriy Kapanadze (gruzincha: დიმიტრი კაპანაძე, 1975-yil 26-may) — yarim himoyachi sifatida oʻynagan gruziyalik futbolchi. Bir qancha mamlakatlarning oliy divizionlarining bir qator jamoalaridagi oʻyinlari bilan tanilgan[1].

Dimitriy Kapanadze
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dimitriy Kapanadze
Tavallud sanasi 26-may 1975-yil (1975-05-26) (49 yosh)
Tavallud joyi Gruziya SSR
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan

Klub faoliyati

tahrir

Dimitriy Kapanadze professional futbol oʻynashni 1992-yilda Tbilisining „Imedi“ jamoasi tarkibida boshlagan. 1993—1998-yillarda „Tetri Artsiv“ va „ASK Tbilisi“ jamoalarida oʻynagan. 1998—2000-yillarda Kapanadze Gruziya oliy divizionida „Arsenal“ Tbilisi jamoasi tarkibida oʻynagan. 2000—2001-yilgi mavsumda futbolchi Gruziya oliy divizionining yana bir jamoasi Tsnori shahrining „Milan“ klubi safida oʻynagan. Milan jamoasida yarim mavsum davomida toʻp surganidan soʻng 2001-yilda Kapanadze O‘zbekiston oliy ligasi vakili Namanganning "Navbahor" jamoasi tarkibida o‘ynagan. „Navabor“ jamoasi bir mavsum davomida toʻp surganidan soʻng, 2002-yilgi mavsum boshida Ukraina chempionati vakili Ivano-Frankovskning „Prikarpatie“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Kapanadze 2003-yilni Ukraina birinchi ligasi vakili Ivano-Frankovskning „Prikarpattia“ jamoasida boshlagan boʻlsa va yilning ikkinchi yarmida u Ukraina birinchi ligasining boshqa jamoasi Jitomirning „Polisiya“ jamoasi tarkibida oʻynadi. 2005—2006-yilgi mavsumda Kapanadze Ozarbayjon oliy divizioni „Gyoyazan“ jamoasi tarkibida, 2006—2007-yilgi mavsumda esa Ozarbayjon oliy divizionining boshqa bir jamoasi „Gabala“ tarkibida oʻynagan. Gabala jamoasi safida bir mavsum toʻp surganidan soʻng, faoliyatini yakunlashini aytdi.

Dmitriy faoliyati davomida Gruziya, Ukraina, Oʻzbekiston va Ozarbayjon chempionatlarida 210 ga yaqin uchrashuvda ishtirok etib, 20 ga yaqin gol muallifi boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  1. „kapanadzedmitriy“. 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.

Havolalar

tahrir