Dinamo (Kiyev futbol klubi)
"Dinamo" (ukraincha: «Динамо») — Kiyev shahridagi Ukrainaning professional futbol klubi. „Dinamo“ Ukraina futbol chempionatlarining doimiy ishtirokchisi boʻlgan. SSSR va Ukrainadagi eng nomdor futbol klubi hisoblangan[2][3].
Toʻliq nomi |
Футбольний клуб «Динамо» Київ Football Club Dynamo Kyiv | |||
---|---|---|---|---|
Laqabi | Біло-сині (The Blue & Whites) | |||
Asos solingan | 13-may, 1927-yil | |||
NSC Olimpiyskiy | ||||
Sigʻimi | 70,050 | |||
Owner |
Ihor Surkis (63.71%)[1] Investment Fund „Sports Capital“ (23%)[1] Alutsiana Commercial Ltd (Cyprus) (11.26%)[1] Dynamo (.66%)[1] Leonid Kravchuk (.66%)[1] Svitlana Lobanovska (.72%)[1] | |||
President | Ihor Surkis[1] | |||
Head coach | Oleksandr Shovkovskyi | |||
Liga | Ukrainian Premier League | |||
Oʻrni | Ukrainian Premier League, 4th of 16 | |||
Vebsayti | Klub sayti | |||
| ||||
Klub 1927-yil 13-mayda tashkil topgan[4]. Dinamoning ilk oʻyini 1928-yil 17-iyulda Odessaning „Dinamo“ jamoasiga qarshi boʻlib oʻtgan hamda 2:2 hisobida durang qayd etilgan. Sovet davrida klub 13 marta SSSR chempionati, 9 marta SSSR kubogi, 3 marta SSSR Superkubogini qoʻlga kiritgan. Oliy divizionda barcha SSSR chempionatlarida qatnashgan ikkita futbol klublaridan biri. SSSR chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi Moskvadan boshqa futbol klubi deb qaralgan.
Xalqaro maydonda u 2 karra UEFA Kubok egalari kubogi (1975, 1986) va UEFA Superkubogi (1975) sovrindori. Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan birinchi sovet klubi.
Mustaqil Ukraina davrida u milliy chempionatda 16 marta, mamlakat kubogida 13 marta, Ukraina Superkubogida 9 marta zafar quchgan.
Klubning uy stadioni „NSC Olimpiyskiy“ (sobiq „Respublika“) 1923-yilda foydalanishga topshirilgan va Ukrainadagi eng yirik futbol stadioni hisoblanadi. Ushbu yirik stadion 70 000 dan ortiq muxlislarni oʻz bagʻriga sigʻdirish imkoniga ega.
Kiyening „Dinamo“ klubi „kicker“ jurnali talqiniga koʻra 20-asrda dunyoning eng yaxshi klublari roʻyxatida 8-oʻrinni, shuningdek, „IFFHS“ boʻyicha XX asrning eng yaxsh Yevropa klublari roʻyxatida 16-oʻrinni band etgan[5][6][7]. „France-Presse“ maʼlumotlariga koʻra, XX asrning Sharqiy Yevropadagi eng yaxshi klubi deb qaralgan (2000-yil). „CK“ tahliliy agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2011-yil natijalariga koʻra, „Dinamo“ haqiqiy muxlislar miqdori boʻyicha Ukrainadagi birinchi, Yevropada esa 19-yirik futbol klubi deb qaralgan.
„Dinamo“ faqat 1928-yil 1-iyulda oʻzining ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazgan.
„Dinamo“ ilk rasmiy oʻyinini Bila Tserkvada shu shahar jamoasiga qarshi oʻtkazgan. „Dinamo“ 5-daqiqadayoq hisobni ochishga erishgan, ammo 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchragan.
Keyingi oʻyin 1928-yil 17-iyulda Odessaning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻtkazgan. Oʻyin shiddatli qizgʻin va keyinchalik past sur’atda oʻtgan hamda uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan. Ushbu oʻyindan soʻng darhol Barminskiy oʻzining eski doʻsti Lazar Koenni „Odessa“dan „Dinamo“ga taklif qilgan.
1928-yil 1-sentabrda kiyevliklar oʻrtoqlik oʻyinida Moskva chempioni — „Dinamo“ (Moskva)ni qabul qilishdi. Mehmonlar Ukraina klubini 6:2 hisobida magʻlub qilishgan.
Futbolchilar
tahrirBirinchi jamoa tarkibi
tahrir
|
|
U-19 jamoasi
tahrirIjaraga berilgan futbolchilar
tahrirAlohida saqlangan raqamlar
tahrir12 — Club Supporters (the 12th Man)
SSSR yilning eng yaxshi futbolchilari
tahrirQuyidagi oʻyinchilar SSSRda yilning eng yaxshi oʻyinchilari boʻlishgan:
- Andrey Biba — 1966-yil
- Vladimir Muntyan — 1969-yil
- Yevgeniy Rudakov — 1971-yil
- Oleg Bloxin — 1973, 1974, 1975-yillar
- Anatoliy Demyanenko — 1985-yil
- Aleksandr Zavarov — 1986-yil
- Aleksey Mixaylichenko — 1988-yil
SSSR chempionatining eng yaxshi toʻpurarlari
tahrirQuyidagi futbolchilar SSSR chempionatining eng yaxshi toʻpurarlari boʻlishgan:
- Makar Goncharenko — 1938 yil
- Andrey Zazroev — 1952-yil
- Oleg Bloxin — 1972, 1973, 1974, 1975, 1977
- Oleg Protasov — 1990-yil
SSSRda yilning eng yaxshi darvozaboni
tahrirQuyidagi oʻyinchilar SSSRda yilning eng yaxshi darvozabonlari boʻlishgan:
- Viktor Bannikov — 1964-yil
- Yevgeniy Rudakov — 1969, 1971, 1972-yillar
- Viktor Chanov — 1986-yil
Futbolchilar rekordalari
tahrirEng yaxshi toʻpurarlar
tahrir- 2023-yil 21-avgust[12]
№ | Ism | Yillar | Liga | Kubok | Yevropa | Boshqa | Jami |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Oleg Bloxin | 1969-1987 | 211 | 29 | 26 | 0 | 266 |
2 | Serhiy Rebrov | 1992-2000 2005-2007 |
113 | 19 | 31 | 0 | 163 |
3 | Maksim Shatskix | 1999-2008 | 97 | 22 | 23 | 0 | 142 |
4 | Andriy Yarmolenko | 2007-2017
2023- |
102 | 19 | 19 | 0 | 140 |
5 | Andriy Shevchenko | 1994-1999 2009-2012 |
83 | 16 | 25 | 0 | 124 |
6 | Oleh Husiev | 2003-2016 2017-2018 |
57 | 15 | 22 | 2 | 96 |
7 | Victor Tsyhankov | 2016-2023 | 77 | 4 | 13 | 0 | 94 |
8 | Artem Milevskyi | 2002-2013 | 57 | 11 | 16 | 3 | 87 |
9 | Viktor Kanevskyi | 1973-1984 | 56 | 12 | 14 | 0 | 82 |
10 | Leonid Buryak | 1971-1981 | 62 | 11 | 8 | 0 | 81 |
- Boshqa — mamlakat Superkubogi
Eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilari
tahrir- 2018-yil 19-may[13]
№ | Ism | Yillar | Liga | Kubok | Yevropa | Boshqa | Jami |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Oleksandr Shovkovskyi | 1993-2016 | 426 | 58 | 144 | 9 | 637 |
2 | Oleg Bloxin | 1969-1987 | 432 | 67 | 79 | 3 | 581 |
3 | Oleh Husiev | 2003-2016 2017-2018 |
295 | 43 | 98 | 6 | 442 |
4 | Anatoliy Demyanenko | 1979-1990 1992-1993 |
347 | 47 | 43 | 2 | 439 |
5 | Leonid Buryak | 1973-1984 | 304 | 52 | 51 | 2 | 409 |
6 | Volodymyr Veremeyev | 1968-1982 | 310 | 45 | 44 | 2 | 401 |
7 | Volodymyr Muntyan | 1965-1977 | 302 | 34 | 35 | 0 | 371 |
8 | Volodymyr Bezsonov | 1976-1990 | 278 | 48 | 39 | 3 | 368 |
9 | Serhii Rebrov | 1992-2000 2005-2007 |
242 | 44 | 72 | 2 | 360 |
10 | Vladyslav Vashchuk | 1993-2002 2005-2008 |
253 | 41 | 62 | 0 | 356 |
- Boshqa — mamlakat Superkubogi
Yana qarang
tahrir
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Komu ofitsialno prinadlejat ukrainskie klubi. ukrrudprom.com. 12 November 2021
- ↑ „«Динамо» Киев — самый титулованный клуб Украины и бывшего СССР.“. 2016-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2016-yil.
- ↑ „Самые известные и титулованные футбольные клубы под названием «Динамо»“. 20-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2019-yil.
- ↑ „История футбольного клуба «Динамо» (Киев). Дата основания“. 30-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Valeriy Lobanovsky“. 6-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2017-yil.
- ↑ „Real Madrid Named Club Of The Century By Stats Foundation“. 5-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2017-yil.
- ↑ „IFFHS Top 200 clubs of the century“. 16-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2017-yil.
- ↑ „Player Profiles – FC Dynamo Kyiv. Official club website“. fcdynamo.com.
- ↑ „Dynamo“. upl.ua.
- ↑ „FC Dynamo Kyiv“. junik.lv. 2022-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-may.
- ↑ „Украинский футбол от Дмитрия Трощия“ (uk). uafootball.net.ua.
- ↑ Pavlushko, Anton „Динамо Киев – все бомбардиры в Чемпионате Украины по футболу“ [Dynamo Kyiv – all scorers in Ukrainian football championship (149 players)]. Статистика чемпионата Украины по футболу – все игроки, матчи и голы, составы команд и переходы. 2022-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-may.
- ↑ „Гусев – третий по количеству матчей за Динамо в истории“ (uk). football.ua.
Havolalar
tahrirVikiomborda Dinamo (Kiyev futbol klubi) haqida turkum mavjud |
- Official website (ukraincha)
- Youtube kanali